“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Turkiyaning yetakchi “aql markaz”lari – Anqara inqiroz va siyosiy tadqiqotlar markazi (ANKASAM) direktori Mexmet Sayfetdin Erol, Strategik fikr instituti (SDE) direktori Guray Alpar hamda “Sohibqiron” strategik tadqiqotlar markazi (SASAM) direktori Mesut Emre Karakoselar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvlar avvalida Markaz rahbari E.Tulyakov turkiyalik hamkorlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalar, joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi hamda 9 iyul kuni o‘tkazilgan Prezidentlik saylovi jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasidagi Strategik hamkorlik aloqalari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi sabab jadal rivojlanib borayotganligi, xususan, buni parlamentlararo, davlat idoralari, ishbilarmon doiralar va tahlil markazlari misolida ham ko‘rish mumkinligi ta’kidlashdi.

Jumladan, bu jarayonlar siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport, qishloq hamda o‘rmon xo‘jaligi, ta’lim, fan va texnika, sog‘liqni saqlash va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikda yaqqol namoyon bo‘layotganligini aytib o‘tishdi.

Shu bilan birga, tomonlar 2021 yilda imzolangan hamkorlik memorandumlari doirasida boshlangan o‘zaro manfaatli sohalardagi qo‘shma loyiha, tadbir va tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish borasida o‘zaro fikr almashishdi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Turkiyaning yetakchi “aql markaz”lari o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi