“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov hamda Renessans ta’lim universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaz rahbari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturining mazmun-mohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.  

Shuningdek, Davlat dasturida belgilangan eng muhim chora-tadbirlar, xususan, hududlarda ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi bandligini ta’minlash masalalariga to‘xtaldi.  

Bundan tashqari, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish kabi qator maqsadlar doirasida belgilangan vazifalarga e’tibor qaratildi.  

“Taraqqiyot strategiyasi”markazi ma’lumotiga ko‘ra uchrashuvda Markaz rahbariyati va universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida kelgusida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda sa’y-harakatlar, xususan, ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda milliy va xalqaro darajadagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. 

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Renessans ta’lim universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi