“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”

Sanoqli kunlardan keyin O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi sanasi keng nishonlanadi. Har yili ushbu sana insonni fikr qilish va sarhisobga undaydi. Bir qarashda 34 yil bu bir insonning tug‘ilib voyaga yetishi va ayni kuchga to‘lgan davridek qisqa muddat bo‘lib ko‘rinadi.

O‘tgan vaqt davomida yurtimizda barcha soha va tarmoqlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Quvonarlisi, ushbu yutuqlarning barchasini siz-u, biz o‘z hayotimiz misolida ko‘rib, his qilib yashayapmiz. Xususan, ijtimoiy soha sanalgan aholi salomatligi, ta’lim sifati, ijtimoiy tenglik va barqarorlik kabi yo‘nalishlarda mustaqillik yillarida qator muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi.

Buni birgina so‘nggi sakkiz yilda erishilgan natijalar misolida ham ko‘rish mumkin. Bu davrda ijtimoiy siyosat davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida shakllandi. Davlat rahbarining tashabbusi bilan qabul qilinayotgan keng qamrovli dastur va islohotlar inson qadrini e’zozlash, uning farovon hayot kechirishiga zamin yaratishga qaratilgan. Ayniqsa, kambag‘al oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bu sohadagi davlat siyosatining tizimli, keng qamrovli va inklyuziv xususiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Qolaversa, bu yo‘nalishda kambag‘allikni qisqartirish masalasi nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu bois, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida qator kompleks choralar amalga oshirilmoqda.

Kambag‘al oilalarni iqtisodiy-ijtimoiy holatiga qarab uch toifaga ajratish orqali manzilli yordam tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali 12 toifadagi muhtoj insonlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordam turlari ko‘rsatilmoqda. Buning uchun muassasalarda zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Murojaatlarni qabul qilish, ehtiyojni baholash, xizmatni belgilash va xizmat ko‘rsatish jarayonlari insonlarga qulay tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

Eng muhimi, endilikda vazifa bir marta yordam bilan tugamaydi. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining keyingi holati, o‘zini o‘nglashi ham monitoring qilib boriladi. Mazkur barcha jarayonlar raqamlashtirilgan va daxldor tashkilotlar bilan bog‘langan.

Shuningdek, “Kambag‘al oilalar reyestri” yaratilishi va qonun darajasida rasmiylashtirilishi tizimning shaffofligi va adolatliligini ta’minlaydi. Qolaversa, har bir kambag‘al oila uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqilib, mehnat bozorida faol bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu orqali nafaqat ijtimoiy himoya, balki insonni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ustuvor va barqaror yondashuv shakllantirilyapti. 

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ijtimoiy sohadagi islohotlar negizida ta’lim tizmi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, yosh avlodning ta’lim olishi, rivojlanishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun teng imkoniyatlarni yaratish kambag‘allik avloddan-avlodga o‘tishining oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Shu bois, kambag‘al oila farzandlari maktabdagi uzaytirilgan kun guruhlari uchun to‘lovdan ozod etildi. A’lo bahoga o‘qiydigan bolalar uchun bepul oromgohlar, dam olish maskanlari tashkil etilib, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan a’lochi talaba-qizlarga bazaviy stipendiyaning ikki baravari miqdorida maxsus stipendiya berilishi joriy qilindi. Bu orqali ta’limga qiziqishni oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va kelajakda bilimli mutaxassislarni yetishtirish uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Sir emas, mustaqillik yillarida ijtimoiy sohadagi yana bir muhim yo‘nalish nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun inklyuziv jamiyat barpo etish ham davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biriga aylandi. Ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va hayotda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida bunday fuqarolarni ishga olgan yengil sanoat korxonalari uchun soliq imtiyozlari, ijtimoiy soliqning pasaytirilishi, subsidiyalar ajratish kabi sharoitlar yaratilgan.

Xususan, elektron savdo maydonchasi orqali nogironligi bor shaxslar mahsulotlarini xarid qilish hajmi oshirildi, bu ularning iqtisodiy faolligini rag‘batlantiradi. Texnikumlarda inklyuziv ta’lim guruhlari tashkil qilinishi esa ularning zamonaviy kasblarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bunday fuqarolarning huquqiy va psixologik jihatdan himoya qilinishiga ham davlat siyosatining bir qismi sifatida qaralmoqda.

Jumladan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar uchun joriy etilgan “Faol hayotga qadam” dasturi bugungi kunning dolzarb ijtimoiy tashabbuslaridan biridir. Uyda yordam ko‘rsatish, kunduzgi qarash markazlari, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar, reabilitatsiya ishlari, turmush sharoitiga moslashtirish va hokazo. Mutaxassislar tomonidan parvarish, ovqat tayyorlash, dori-darmon qabulini nazorat qilish, yurish-qadamni tiklashga qaratilgan xizmatlar tashkil etilgan. Bu xizmatlar nafaqat ijtimoiy adolatni ta’minlash, balki bunday fuqarolarning hayotga qaytishi, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan islohotlar sabab O‘zbekiston butun dunyo uchun ijtimoiy davlat konsepsiyasining amaldagi yorqin ifodasiga aylandi. Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bor insonlar uchun inklyuziv muhit yaratish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish kabi tashabbuslar inson qadrini ulug‘lash, barchani qamrab olgan taraqqiyot modelini yaratishga qaratilgan muhim harakatdir. Bu orqali yurtimizda barcha qatlam fuqarolarining hayoti sifat jihatdan o‘zgarib, “hech kim e’tibordan chetda qolmaydigan jamiyat”ga asos solinmoqda.

Gulnoraxon ABDUVOHIDOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 

Mehnat, sog‘liqni saqlash

va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taraqqiyot modelining o‘zbekcha ifodasi