O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 apreldagi tegishli qaroriga muvofiq, diniy mazmundagi har qanday materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faqat belgilangan tartibga asosan amalga oshirilishi lozim.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Namangan xalqaro aeroportidagi chegara postida o‘tkazilgan bojxona nazorati jarayonida olib kirish va tarqatish taqiqlangan diniy mazmundagi adabiyotlar bilan bog‘liq huquqbuzarlik holati fosh etildi.

Turkiya jumhuriyatidan “Istanbul – Namangan” yo‘nalishida respublikamizga kelgan fuqaroning qo‘l yuklari nazoratdan o‘tkazilganda, shaxsiy buyumlari orasida yetti dona diniy mazmundagi kitoblar mavjudligi aniqlandi.

– Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Namangan viloyati dinshunoslik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ulardan uchtasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tarqatishga ruxsat etilmagan diniy adabiyotlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bojxona organlari mazkur qoidalarning qat’iy bajarilishi ustidan nazorat olib boradi va qonunbuzarliklarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘radi, – deydi viloyat bojxona boshqarmasi mas’ul xodimi Anastasiya Ataxanova.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taqiqlangan adabiyotlar aniqlandi