Taqdirdan qochib qutulib boʻlmas
Sina Newsning xabar berishicha, Xitoyning Sichuan provinsiyasi Chendu shahrida istiqomat qiluvchi juftlik oʻzlari bilmagan holda taxminan 20 yil muqaddam bir vaqtda, bitta fonda suratga tushib qolganini oilaviy albomda saqlanayotgan eski suratlardan payqab qolishdi.
yoxud juftlik oʻsmirlik chogʻlarida bir paytda,
bitta fonda suratga tushib qolganini oradan 20 yil oʻtib bildi
Sina Newsning xabar berishicha, Xitoyning Sichuan provinsiyasi Chendu shahrida istiqomat qiluvchi juftlik oʻzlari bilmagan holda taxminan 20 yil muqaddam bir vaqtda, bitta fonda suratga tushib qolganini oilaviy albomda saqlanayotgan eski suratlardan payqab qolishdi.
Janob Ye va uning rafiqasi Xue xonim 2011 yilda Chendu shahrida tanishib qoladi. Bir muddatdan soʻng turmush qurishadi. Hozirda ikki nafar qizni voyaga yetkazishmoqda.
Xabarda yozilishicha, ikkalasi ham 2000 yil iyul oyida Sindao shahridagi “Toʻrtinchi may maydoni”ga tashrif buyurishgan. Juftlikka maʼlum boʻlmagan ravishda, bir vaqtda, “Toʻrtinchi may” monumenti fonida suratga tushgan.
Ayolning shaxsiy albomidagi suratda oʻzi, sal nariroqda boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻi Yening suratga tushayotgani va orqa fonda monumentni koʻrish mumkin. Eridagi rasmda esa monument va janob Yeni payqash mumkin.

Buni janob Yening onasi nevaralarini – ikki qizdan qaysi biri koʻproq kimga: oʻgʻligami yoki kelinigami – solishtirish uchun eski fotoalbomlarni tomosha qilayotganda bilib qolgan.
Maʼlumot oʻrnida, “Toʻrtinchi may maydoni”ning yuzaga kelishi Versal shartnomasining 156 moddasi bilan bogʻliq. Unga koʻra, Xitoyga qarashli Shandun provinsiyasida nemislarning imtiyozi koʻpayadi, Sindao esa Yaponiya ixtiyoriga oʻtib, Xitoyning suveren hokimiyati rad etilgani yoziladi.
Xitoyliklar Versal bitimini oʻzlarining tahqirlanishi, deb qabul qilishadi. Butun mamlakat oyoqqa turgan; harakat 4 mayda Pekinda talabalar oʻrtasida ham davom ettiriladi.
Aynan 4 maydagi norozilik chiqishlari Xitoyning Versal shartnomasini imzolashni paysalga solishi uchun turtki boʻladi. Xitoy tomonga 1919 yilning kuzida Germaniyaga qarshi har qanday harakat tugaganligi maʼlum boʻlgach, oradan 2 yil oʻtib, 1921 yilda “alohida bandlarga ega boʻlgan yangi bitim”ga imzo chekadi.