Haqiqatdan ham Prezidentimizning videoselektor yigʻilishida aytib oʻtgan tanqidlari juda ham oʻrinli va asosli boʻldi.

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 8-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlarini soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilinib, kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha baʼzi sektorlarda olib borilayotgan ishlar koʻngildagidek emasligi borasida alohida toʻxtalib oʻtilgan edi.

Ushbu videoselektorda, davlatimiz rahbari 257 mingga yaqin muhtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirish, 37 ming xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi. Ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish koʻrsatkichi eng past sektorlar taʼkidlanar ekan, ularning rahbarlariga nisbatan jazo choralari koʻrildi.

Jazolanganlar orasida Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, shahardagi 4-sektor rahbari Jahongir Radjabovning ismi-sharifi aytilib, unga nisbatan oxirgi ogohlantirish sifatida “hayfsan” eʼlon qilindi.

Haqiqatdan ham Prezidentimizning videoselektor yigʻilishida aytib oʻtgan tanqidlari juda ham oʻrinli va asosli boʻldi. Chunki Guliston shahar 4-sektor hududidagi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan, moddiy yordamga muhtoj oilalar soni 88 tani, ulardagi oila aʼzolari 362 nafarni, mehnatga layoqatli ishsizlar soni esa 86 nafarni tashkil etgani holda, ularning bor-yoʻgʻi, 6 nafarigina ishga joylashtirilgan, xolos...

Xoʻsh, Prezidentimizning videoselektor yigʻilishidagi bu haqli tanqididan qanday xulosa chiqarildi? Ana shu savolga javob topish maqsadida, Guliston shahridagi 4-sektor hududida boʻlib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdik.

Taʼkidlash joizki, 4-sektor rahbari, Guliston shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi Jahongir Radjabov tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga guvoh boʻldik.

– Prezidentimiz tomonidan videoselektor yigʻilishidagi tanqid va jazo – bu, yuzimni oqlashim uchun imkoniyat, deb oʻylayman, – deydi Guliston shahridagi 4-sektor rahbari, shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi Jahongir Rajabov. – Davlatimiz rahbarining bu tanqidlaridan toʻgʻri xulosa chiqarib, rahbarligimdagi sektorda Yurtboshimiz, viloyat hokimligi, viloyat soliq boshqarmasi tomonidan koʻrsatilgan amaliy yordam va belgilab berilgan aniq chora-tadbirlar hamda aniq topshiriqlar asosida ishni tashkil etdik.

Shu oʻrinda viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy yordamni ham alohida taʼkidlagan boʻlardik. Hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yuqorida eʼtiroz bildirib oʻtilgan yoʻnalishlar toʻliq qamrab olingani tahsinga loyiq.

4-sektor hududidagi ijtimoiy yordamga muhtoj va mehnatga layoqatli fuqarolardan 29 nafarining bandligi taʼminlangan. Jumladan, Karonavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻirlashgan oilalarning bandligini taʼminlash orqali ularga daromad manbaini yaratishning “Vaqtinchalik tartibi”ga asosan mehnatga layoqatli ishsizlarning 7 nafari jamoat ishlariga, 18 nafari oʻzini oʻzi band qilish tizimi orqali roʻyxatga olingan. Shuningdek, 3 nafar fuqarolar yuk tashish xizmatiga, 1 nafari boshqa faoliyat boʻyicha bandligi taʼminlanib, doimiy daromad manbaiga ega boʻlibdi.

Bu boradagi ishlarni davom ettirgan holda shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, Guliston shahar boʻyicha joriy yilning iyun oyi uchun byudjetga 19 milliard 800 million soʻmlik belgilangan prognoz haqiqatda 21 milliard 700 million soʻmga yaʼni 109,6 foizga yoki oylik prognozga nisbatan 1 milliard 900 million soʻm ortigʻi bilan bajarilgan. Tushumlar miqdori oʻtgan oydagi 11 milliard 400 million soʻmga nisbatan 10 milliard 400 million soʻmga koʻp yoki 191,3 foizga oʻsgan.

Joriy yilning iyul oyida qoʻshimcha manbalarni jalb etgan holda, shuning bilan birga, karantin davrida faoliyatini toʻxtatgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tiklashga koʻmaklashish orqali byudjet daromadlariga qoʻshimcha 22 milliard 100 million soʻm tushum undirish rejalashtirilgan.

– Menga bildirilgan ishonchni oqlash uchun sidqidildan mehnat qilib, sektor hududida ishsizlikni bartaraf etishga, ehtiyojmand oilalarning muayyan daromadga ega boʻlishiga, kamabagʻallikni qisqartirishga, tadbirkorlik subyektlarining pandemiya sharoitida toʻliq ishlashini taʼminlashga bor kuch-gʻayratim va barcha imkoniyatlarimni toʻliq ishga solishga vaʼda beraman, – dedi Jahongir Rajabov.

Oʻz xato va kamchiliklarini anglab yetgan, oʻrinli va ayni paytida aytilgan tanqiddan toʻgʻri xulosa chiqargan rahbar – ularni bartaraf etish uchun barcha zarur imkoniyatlarini ishga soladi. Izlangan kishi esa hamisha imkon topadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanqiddan soʻng: xatolarini anglagan rahbar – ularni bartaraf etish yoʻllarini ham topadi
Жамият
14:12 / 13:07:2020