Shu kunlarda mamlakatimizda transportlarda harakatlanish uchun yo‘lkira to‘lovini elektron usulda to‘lash amaliyotiga o‘tilayotgani va avtobus ichida naqd pul orqali to‘lov qilish amaliyotining bekor qilingani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Fikr bildiruvchilarning esa yana bir savoli diqqatimizni tortdi.
Ya’ni, bir martalik "QR" chiptani olish uchun infokioskga ma’lum miqdordagi summani kiritadigan bo‘lsa, qaytariladigan qaytim yo‘lovchining uyali telefon raqami hisobiga avtomatik ravishda o‘tkazib beriladi. Biroq, telefon raqami hisobini yetarli miqdorda to‘ldirib qo‘yganlar uchun bu usul nechog‘lik qulay?
Ushbu savol bilan Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Olloyor Norbo‘tayevga murojaat qildik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/KzpdNSfNIdk?si=tSoKzXXXJcurkHQG" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, A.Ahmedov(video), O‘zA