Yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalash, ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida teatr san’ati va sahna madaniyatini rivojlantirish, notiqlik mahoratini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli Respublika tanlovlari  ham yoshlarimizda ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish, mustaqil fikrlash va sahnada o‘zini erkin tutish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

E’tirof etish joiz, ushbu tanlovning Respublika bosqichida Buxoro viloyati yoshlari yuksak natijalarga erishdi. “Iqtidor” maktab ansambli Respublika bosqichida G‘ijduvon tumani 46-maktabning “Yosh havaskorlar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi.

 Shuningdek, “Turon” maktab teatri tanlovida Kogon shahridagi 3-maktabning “Elegant” jamoasi munosib ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va viloyat sha’nini munosib himoya qildi.

Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan  o‘tkazilayotgan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirda shu g‘olib va faol jamoalar safidagi 40 nafar iqtidorli yosh sahna ijrochilari  o‘z ijodiy mahoratlarini namoyish etdi.

“Turon” maktab teatri va “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining hududiy hamda respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari o‘zining badiiy chiqishlari bilan tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashdi. 

Tadbirda Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov va viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev ishtirok etdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanlov g‘oliblari sahnada