Andijon tumanining Beshbo‘ynoq mahallasida yashovchi Abdumannob Asronov uzoq yillardan buyon turli davrlarda zarb etilgan tangalar, tarixiy buyumlar, osori-atiqalarni yig‘ish bilan shug‘ullanib keladi. Ayni kunda uning kolleksiyasida turli davrlarda zarb etilgan noyob hamda 150 dan ortiq davlatning 1,5 mingdan ziyod tangalari, shuningdek, noyob kitoblar, qadimiy ko‘za, lagan, shamchiroq kabi tarixiy ro‘zg‘or buyumlari saqlanmoqda.

Abdumannob Asronov tanga to‘plash, kolleksiya yig‘ish ishini bundan 56 yil muqaddam boshlaganligini, u ilk tangani sovg‘a sifatida olganini eslaydi.

– O‘shanda harbiy xizmatdan qaytayotgan edik, – deb hikoya qiladi kolleksioner A.Asronov. – Xizmatdoshlarimdan biri menga Germaniya davlati tangasini sovg‘a qilgan. Ana shundan buyon tanga yig‘ib kelaman. Ular orasida 9-asrda zarb etilgan somoniylar tangasi, 10-asrga tegishli qoraxoniylar tangasi bor. Bundan tashqari, Qo‘qon xoni Xudoyorxonning yarim misqollik kumush tangalari, Buxoro amiri Abdulaxatxon zamonida chiqarilgan tanga, 1469 yilda Farg‘ona viloyati hokimi bo‘lgan, Boburning otasi – Umarshayx Mirzo, Xorazm hukmdori Junayidxon davrida zarb etilgan, shuningdek, 17-asr oxirlarida Rossiya imperatori Yekaterina II farmoni bilan chiqarilgan tangalar  mavjud.

Kolleksiyadagi eng qadimiy tanga esa eramizning 1- asriga tegishli “Sanobar” tangasidir. Boburiylar sulolasi vakili Humoyun Mirzoning Rajastonda zarb etilgan kumush tangasi ko‘pchilikning diqqatini tortadi. Tanganing bir tomonida hind yozuvi, ikkinchi tomonida esa otning tasviri bor.

Kolleksioner Abdumannob Asronov nafaqaga chiqquniga qadar Andijon mexanika zavodida ishchi, ishlab chiqarish ustasi bo‘lib ishlagan. U kolleksiya to‘plash uchun qishloqma-qishloq, xonadonma-xonadon kezib yurgan. Yakshanba, dam olish kunlari esa bozorda “Qadimiy tangalar” sotib olaman, deb turganini ko‘pchilik yaxshi biladi. Uning ta’kidlashicha, tarixiy buyum va tangalarni sotib olish uchun ko‘pincha oylik maoshi, xonadonidagi dehqonchilikdan keladigan daromadini oxirgi tiyinigacha sarflagan. 

– Ushbu mashg‘ulot avvaliga menga qiziqish bo‘lgan, keyinchalik esa hayotim mazmuniga aylangan, – deydi Abdumannob Asronov. – Bir necha yil avval viloyat hokimligi menga Andijon shahridagi “Jome” me’moriy majmuasidan muzey tashkil qilishim uchun xona ajratib berdi. Qadimiy buyum va tangalarimni aksariyatini ana shu yerda saqlab, qiziquvchilarga, sayyohlarga namoyish etib keldim. Shuningdek, muzey bilan yonma-yon xonada mo‘’jazgina kutubxona ham tashkil etgandim. U yerda juda ko‘p kitoblarim saqlangan. 

[gallery-23292]

Tarixiy kitoblarga qiziqqan, nodir buyum va tangalarni ko‘rishni istagan yurtdoshlarimiz kelib, muzeyni tomosha qildi. Keluvchilarning ko‘pchiligini kolleksioner kutubxonasida saqlanayotgan “Xamsa” asari qiziqtirishi tabiiy. Alisher Navoiyning 1893 yilda Sankt-Peterburgda arab tilida chop etilgan ushbu asari, shuningdek, 1914 yilda chop etilgan Qur’oni karim kolleksioner kutubxonasida saqlanayotgan noyob kitoblar hisoblanadi. 

– Ikki yildirki salomatligim tufayli muzeyga bora olmay qoldim, deydi A.Asronov. – Shu bois kolleksiya va kutubxonamni hozir uyimga ko‘chirib kelganman. 

Ayni paytda Abdumannob Asronov 76 yoshda. 7 nafar farzandi, 40 nafardan ortiq nabiralari ardog‘ida yashamoqda. Keksayib, sog‘ligini biroz yo‘qotgan bo‘lsa-da, biror joyda nodir buyum yoki tanga borligi haqida eshitsa, kolleksiyasini boyitish uchun farzandlari yoki shogirdlaridan birini chaqirib, darhol yo‘lga otlanadi.

Abdumannob Asronov o‘z kolleksiyasi bilan ko‘plab ko‘rgazmalarda ishtirok etgan. Tariximizni, tarixiy buyumlarning targ‘ibotchisi sifatida juda ko‘p tashkilotlar tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. Jumladan, u joriy yil 18 aprel – Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni munosabati bilan “Mingtepa-madaniy meros” jamoat fondi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Buyuk tariximizni o‘zida mujassam etgan yodgorliklar – muqaddas merosimiz” mavzusidagi tanlovning numizmatika yo‘nalishida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. 

Qiziqish ortidan yurtimiz tarixiga oid ko‘plab tangalar, tarixiy buyumlarni saqlab kelayotgan kolleksioner faoliyati, uning fondidagi buyumlar bizni tarixni chuqurroq anglashga, hurmat bilan qarashga undaydi. 

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tangalar, noyob kitoblarni saqlab kelayotgan andijonlik kolleksioner haqida eshitganmisiz?