Non – aziz ne’mat.

Xalqimiz azaldan nonni o‘zgacha qadrlagan. 

Non – rizq-ro‘zimiz, dasturxonimiz ko‘rki. Ayniqsa, tandirdan yangi uzilgan  nonning isi kishiga xush yoqadi.  

– Non yopishni rahmatli onamdan o‘rganganman, - deydi namanganlik Gulnora Topildiyeva. – Uy noni to‘yimli, ozuqa va vitaminlarga boy bo‘ladi. O‘rtacha kattalikda 12 dona non yopish uchun 5 kilogramm bug‘doy uni, 1 litr sut hamda iliq suv kerak bo‘ladi. 200 gramm margarin, tuz, achitqi solib yaxshilab xamir qoramiz. Xamirning tayyor bo‘lganligini uni qorish jarayonidagi ovozidan bilish mumkin. Mushtlanganda qarsilasa, demak xamirimiz yaxshi qorilgan. Uni ko‘pchitish uchun yaxshilab o‘rab qo‘yamiz. Ikki soatlarda  qarasangiz  oshirilgan xamir “men tayyorman”, deganday yoqimli hid chiqaradi. Xamirdan zuvala yasab, tindiramiz. Bir fursat turgach, zuvalalarni yumaloqlab, shakl beramiz. Qizigan tandirda tobiga yetguncha qizartirib olamiz. Pishgan nonning hidi dimog‘ni qitiqlaydi. Kulchalarni qo‘liga olib, chuqur-chug‘ur qilayotgan nevaralarimning quvonchi esa yanada totli.  

[gallery-3959]

Hotam MAMADALIEV  (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tandir to‘lib yopildi non