yoxud ichimizdagi yirtqichlar haqida

Mana ikki yildirki, bashariyat koronavirus bilan yashamoqda. Uning insonlar hayotiga shu qadar jiddiy ta’sir qilishi, turmush kechirish tarzini o‘zgartirib yuborishi aksariyat odamlarning tushiga ham kirmagan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta. Rostini aytganda, bularning hammasi faqat shifokorlar, mikrobiologlar, virusologlar shug‘ullanadigan masala, deb qarab keldik. Axir, virus atamasi asosan tibbiyotda, yoki ixtisoslashgan sohalarga taalluqli termin hisoblanardida. Shundanmi, insoniyat viruslardan unchalik ham xavfsiramasdi, ko‘proq boshqa xastaliklar, hayotning boshqa muammolaridan xavotir olardi.

Covid-19 pandemiyasining qo‘rqinchli manzarasiga qarab, ko‘pchiligimizda viruslar faqat insoniyatni tiz cho‘ktirish, odamlarni holdan toydirish uchun mavjud ekan, degan fikr kechishi tabiiy. Chunki, viruslar keltirib chiqarayotgan kasalliklar ming yillar davomida sonsiz-sanoqsiz odamlarning bevaqt nobud bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ayrim viruslar sayyoramiz aholisining katta qismining o‘limiga sabab bo‘ldi. Masalan 1918 yilda tarqalgan ispan grippi epidemiyasi turli ma’lumotlarga ko‘ra, 50 milliondan to 100 million kishining umriga zomin bo‘lgan ekan, XX asrning o‘zida 200 million kishi chechakdan nobud bo‘lgan.

Lekin, viruslarni qarg‘ashdan oldin, ular haqida mutaxassislar fikriga ham quloq solish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Covid-19 deb nom berilgan bu galgi pandemiya ajal tashuvchi viruslarning insoniyatga qilgan hujumlarining navbatdagisi, xolos. Shu bois ham ko‘pchiligimiz viruslar yoppasiga qirilib ketsa yaxshi bo‘lardi, degan fikrga qo‘shilgan bo‘lardik. “Lekin, bu mutlaqo xato fikr”, deydi olimlar.

"Agar barcha viruslar qo‘qqisdan g‘oyib bo‘lganda, dunyo taxminan bir yoki bir yarim kun ajoyib bo‘lardi, keyin hammamiz o‘lardik, bor gap shu, — deydi Viskonsin-Medison universiteti olimi, epidemiolog Toni Goldberg. – Viruslar insoniyatga zarardan ko‘ra, ko‘proq foyda keltiradi", deydi u.

Meksikalik virusolog Susana Lopes Shariton esa, bu masalada izohni cho‘zib o‘tirmay, "viruslarsiz biz tamom bo‘lamiz", deb qo‘ya qoldi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, viruslar erkin genetik kodning bir parchasi bo‘lib, ular ko‘zga ko‘rinmasligiga qaramasdan, nafaqat insonlarning hayotini izdan chiqaradi, hatto sivilizatsiyaga xavf solishga ham qodir ekan. Mavjud barcha viruslarning qariyb 100 foizi barcha evolyutsiya davomida biz bilan va bizning tanamizda yashab kelmoqda.

Xo‘sh, ichimizdagi virus, deb ataluvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan ko‘p sonli yirtqichlar qanday yashab kelmoqda?

Ular ichimizda

Sibir davlat tibbiyot universiteti mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi dotsenti Matvey Korovinning RIA Novostiga so‘zlab berishicha, viruslar nafaqat tirik jonzot, balki genetik kodning erkin bo‘laklari hamdir. Tirik organizm hisobiga yashovchi molekulyar avtomatlar yashashi va ko‘payishi uchun tana to‘qimalari ichiga kirib olishi va uning mexanizmlariga moslashib olishi kerak.

Viruslar manzarasi turlicha va keng. Sog‘lom odamning organizmida mavjud viruslar sonini aniqlash hozircha hech bir olimga nasib qilmagan, lekin taxminiy soni haqida gap ketganda bir organizmdagi virus zarralari soni 400 trilliontaga yaqinligi aytiladi.

Bu tanamizdagi bakteriyalar sonidan taxminan o‘n barobarga ko‘p. Masalan, tanamizdagi barcha bakteriyalar og‘irligi ikki kilogrammga yaqin bo‘lsa, olimlarning fikricha, virus zarralari milligrammning bir necha o‘n bo‘lagicha kelarkan.

Hozirgi fan inson organizmidagi barcha bakteriyani yetarlicha aniq identifikatsiya qila oladi, biroq bu masala virus bilan ancha murakkab. Ekspertlarning ta’kidlashicha, hatto taxminiy tur tarkibini ham aniqlash qiyin masala, chunki viruslarning doimiy ravishda yangi va yangi shakli topilmoqda. Darvoqe, patogen bo‘lmagan (kasallik qo‘zg‘atmaydigan) viruslarni o‘rganish bilan yaqin-yaqinlargacha hech kim shug‘ullanmagan ekan.

"Garchi, viruslar miqdori juda ko‘pligiga qaramay, inson uchun haqiqatan ham xavf soladigan viruslar unchalik ko‘p emas. Statistika bo‘yicha bunday zararli viruslar qariyb yo‘q. Zero, xavfli bo‘lmagan viruslarni insonlar shunchaki sezmaydi, viruslar dunyosi ularga qandaydir o‘lim, parchalanish dunyosi bo‘lib tuyuladi", – deydi Korovin.

Himoyachi, qutqaruvchi viruslar ham bor

Viruslar mikroblar dunyosidagi asosiy yirtqichlar hisoblanadi. Shunday ekan, ularsiz insoniyatga oson bo‘lmasdi, deydi olimlar. Bakteriofagi, ya’ni bakteriya viruslari – bular sayyoramizdagi barcha ekotizimdagi, jumladan bizning tanamizdagi mikroorganizmlar miqdorini muvozanatlashtirib turadi.

"Agar viruslar to‘satdan g‘oyib bo‘lsa, bakteriya va mikroblarning ayrim turlari boshqalarini to‘liq mahv etib, dahshatli darajada ko‘payib ketgan bo‘lardi. Bu ayniqsa, ummonlar uchun juda salbiy muammolarni keltirib chiqarar edi, chunki ummonlardagi 90 foizdan ziyod tirik narsalarni bakteriyalar tashkil etadi. Qolaversa, sayyoramizdagi hamma kislorodning taxminan yarmini aynan shular ishlab chiqaradi. Shu bois ham ular sonining barqarorligi tirik jonzot uchun juda muhim", – deydi olim.

Bakteriofagi viruslari mikroblarning antibiotiklarga chidamliligi oshganda himoyaga kelishi ham muhimdir. Ma’lum bir zararsiz viruslar infeksiyasiga chalingan odamda ayrim xavfli patogenlarni qo‘rqitishga ham yordam berishi mumkin.

Masalan, odamda tarqalgan kasallik qo‘zg‘amaydigan virusning GB turi virusli immun tanqisligiga uchragan insonda OITSning rivojlanishini sekinlashtiradi, degan qarashlar bor. Shuningdek, olimlar GB viruslarining S turiga ega odamlar agar Ebola virusini yuqtirgan bo‘lsa, boshqa odamlarga qaraganda yashab qolish imkoniyati yuqori bo‘lishini ham aniqlashgan. Xuddi shunga o‘xshash mexanizm hayvonlarda ham aniqlandi. Masalan, gerpesga chalingan sichqonlar boshqalariga qaraganda qator bakteriyali infeksiyaga, jumladan, bubonli o‘lat va listeriozga kam chalinar ekan.

Genlarimiz qo‘riqchilari

Ba’zi bir “bizning” viruslarimiz to‘qimalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnashib olgan, boshqalari avtonomlikni saqlab qolgan va immun tizimimizni doimo rag‘batlantirib turadi. Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu tabiiy genetik modifikatsiyasi butun evolyutsiya mobaynida davom etib kelmoqda.

Ayrim viruslar mutlaqo bir-biriga o‘xshamagan organizmlarda ham ishlashga moslashib olgan. Har xil turlarni kasallantiradigan turli viruslar o‘rtasidagi bunday "qarindoshlar", divergentlar deyiladi. Aynan ushbu fenomendan foydalanish vaksinatsiyalashga asos bo‘lgan. Insonga moslashmagan xavfli kasalliklar virusi immun tizimiga kuchsiz ta’sir qiladi va antitanachalar hosil qilib, uning patogenlar bilan “tanishib” olishiga qo‘yib beradi.

Sayyoramizda viruslar soni shu darajada ko‘pki, olimlar iborasi bilan aytganda koinotdagi mavjud har bir yulduzga taxminan, 100 millionta virus zarrasi to‘g‘ri kelar ekan. Shu sababli olimlar kelajak epidemiyalarini bashorat qilish va yangi viruslarni o‘z vaqtida monitoring qilib borish o‘ta dolzarb bo‘lgan ilmiy vazifa ekanini bot-bot takrorlamoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, sayyoramiz aholisi juda tez ko‘paymoqda. 1927 yilda biz 2 milliard edik, 2021 yilga kelib 7,8 milliard kishiga ko‘paydik. Tabiiyki, bunday sharoitda odamlarning sayyoramiz bo‘ylab harakati ham tezlashdi. Bularning barchasi inson tanasidagi viruslar rivojiga ham misli ko‘rilmagan darajada yaxshi sharoit yaratmoqda. Tabiiyki, kelgusida, viruslarning turli-tumanligi oshib borish barobarida ularni inson foydasi uchun ishlatish bo‘yicha bilimlar ham ortib boradi.

Internet materiallari asosida

Saidmurod Rahimov tayyorladi,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanamizda qancha virus bor