Tamara Mixaylova talabalar bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2019-yil 8-maydagi “Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali tashkil qilinib, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab mazkur oliy taʼlim muassasasiga 6 ta sport taʼlim yoʻnalishiga 131 nafar talaba bakalavr yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilindi.

Hozirda Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tahsil olmoqda.
Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori, professor Tamara Viktorovna Mixaylova hamda mazkur universitetning ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Mariya Sergeyevna Leontyeva joriy yilning 1-5-oktyabr kunlari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.
4-oktyabr kuni faxriy mehmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev qabul qildi. Oʻzaro muloqot chogʻida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialida shu kungacha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga qabul qilingan talabalar bilan uchrashdi. Unda Tamara Mixaylova talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.
Uchrashuv soʻngida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori yoshlarga oʻqishlarida omad tilab, ularga talabalik guvohnomalarini topshirdi.