Talipov Rustam Mirkabilovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Keksalar miokard infarktini o‘tkazganlaridan so‘ng terapevtik chora-tadbirlarning samaradorligi” mavzusida
Talipov Rustam Mirkabilovichning 14.00.05 - “Ichki kasalliklar” ixtisosligi bo‘yicha “Keksalar miokard infarktini o‘tkazganlaridan so‘ng terapevtik chora-tadbirlarning samaradorligi” mavzusidagi ichki kasalliklar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 7 iyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100109 Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi 2-uy.
Tel.: (+998 71) 1507825
ye-mail: tta2005@mail.ru