Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Shvetsiya va Finlyandiya tajribasi o‘rganilmoqda
Shu kunlarda Toshkent shahri hokimligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida mamlakatimiz pedagoglari Shvetsiya Qirolligi va Finlyandiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Jumladan, rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimidagi ilg‘or yondashuvlar, xususan, aniq fanlarni o‘qitish bo‘yicha innovatsion metodikalar hamda samarali boshqaruv tajribalarini chuqur o‘rganish maqsadida tashkil etilgan tadbirda delegatsiya tarkibini fizika va matematika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan "Hokim sovrini" sovrindorlari va poytaxt maktablarida faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or fizika va matematika fanlari o‘qituvchilari tashkil etadi.


Mazkur amaliy tadbirlar orqali pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA