Aks-sado

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish – mamlakatimizda ta’lim tizimi, ilm-fan sohasi va yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan tub islohotlarning muhim bosqichi bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro ta’lim standartlariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashimizga, bitiruvchilar bandligini ta’minlashga, oliy ta’lim muassasalarida sifat va samaradorlikni oshirishga, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va milliy ta’lim tizimini ilg‘or xalqaro reytinglarda munosib o‘rinlarga olib chiqish uchun xizmat qiladi.

Quvonarlisi, keyingi yillarda ta’lim sohasiga qaratilgan e’tibor natijasida oliy ta’limga qabul 4,5 barobar oshib, mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’limda o‘qishini davom ettirish qamrovi 42 foizga oshdi. Buni ulkan yutuq va muhim tarixiy ko‘rsatkich desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo shu bilan bog‘liq muhim jihat borki, bu kengayish, bu yutuq zamirida sifat va bozor ehtiyojiga mos kadrlar tayyorlashdek birinchi darajali va dolzarb vazifa ham borki, buni e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak.

Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish va reyting tizimi, ya’ni “har bir ball – har bir resurs” tamoyili asosidagi baholash, oliy ta’lim muassasalari mehnat jamoalarini yanada samarali ishlashga, faoliyatlarini bozor bilan integratsiyalashga undaydi. Bu ta’lim tizimida sifat va samaradorlikni oshirish bilan birga raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash borasidagi mavjud kamchilik va muammolarga barham beradi.

Oliy o‘quv yurtlarini baholashning yangi mezonlari ham ta’lim muassasasi reytingi ko‘tarilishiga, nufuzi va salohiyati oshishiga xizmat qiladi. Oliy o‘quv yurtlari endilikda bitiruvchilar bandligi (40 ball), ilmiy tadqiqot va mahsulotni tarmoq buyurtmasiga moslashtirish (30 ball), ilmiy maqolalarning xalqaro e’tirofi (20 ball), jalb qilingan grantlar (10 ball) dan to‘plangan ball va mezonlar asosida baholab boriladi.

Mazkur baholash tizimi, albatta, sog‘lom raqobat, ilmiy-pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuv va natijadorlikni talab qiladi. Ahamiyatlisi, endilikda har bir oliy o‘quv yurti jamoasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha real sektor bilan uzviy bog‘langan holda ilmiy va amaliy salohiyatni birlashtirgan ulkan markazga aylanishi lozim bo‘ladi.

Xorijiy tillarni bilish va o‘rgatish xalqaro maydondagi sog‘lom raqobatda, mehnat bozorida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu bois institutimizda asosiy e’tiborni mana shu masalaga qaratganmiz. Ayni paytda xorijiy tillarni o‘rgatish, tarjimonlik, lingvistika va filologiya sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlayapmiz.  

Xalqaro hamkorlik va til kompetensiyasining kuchayishi bugungi mehnat bozorida nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘yicha 92 mingdan ortiq bitiruvchi ishsiz. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan kompleks yechimlar: magistratura, ikkinchi mutaxassislik, stajirovka talab qilinmaydigan ish o‘rinlari, biznes-inkubatorlar, tarmoqdagi ehtiyojlar bo‘yicha taqsimot – bu barcha yo‘nalishlar mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlari hamda ish beruvchi tashkilotlar uchun aniq maqsadlar strategiyasi bo‘lib xizmat qiladi.

Samarqand davlat chet tillar institutida ham bu borada bir necha yo‘nalishlarda istiqbolli ishlar olib borilmoqda. Endilikda xorijiy til o‘qituvchilari va tarjimonlarga bo‘lgan ichki va xalqaro ehtiyojni o‘rganishni, xalqaro ta’lim dasturlari (Erasmus+, DAAD, TIKA, MEXT, GKS, “El-yurt umidi”, Fulbright, Chevening) orqali talabalarni xorijda stajirovka bilan ta’minlashni, respublika va viloyatdagi turizm, xizmat ko‘rsatish, media va ta’lim sohalaridagi ish beruvchilar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan maqsadli ko‘satkichlarni belgilab olganmiz.

Yurtboshimiz tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar oliy o‘quv yurtlari rektorlari zimmasidagi mas’uliyat va vazifalarni yanada oshirdi, vakolatini kengaytirdi. Endi rektor nafaqat rahbar, balki o‘zi rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasining “bosh menejeri”, “bosh strategi” bo‘ladi. Rektorlar vakolatining kengaytirilishi, rektor o‘rinbosarlarini o‘zi tayinlashi, shtatlar va muassasa byudjetini o‘zi taqsimlashi, super-kontrakt miqdorlarini tabaqalashtirilgan tarzda belgilashi – bu akademik va tashkiliy mustaqillikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Xalqaro reytinglar – ustuvor yo‘nalishimiz bo‘lib, institutimiz jamoasi o‘z oldiga xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashni asosiy strategik vazifalardan biri sifatida qo‘ygan. Buni Samarqand davlat chet tillar institutining yaqinda Yevropa ta’lim sifati agentligi (EQAA — European Quality Assurance Agency) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganligi va institut Yevropa talablari asosida faoliyat olib borayotgani va endilikda bitiruvchilarga beriladigan diplomlarning butun dunyo bo‘ylab tan olinishi mumkinligida ham ko‘rishimiz mumkin.

Bugun O‘zbekiston rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Bu bosqichda eng asosiy tayanch – bilim, innovatsiya, fidoyilik va ta’lim tizimidagi samaradorlikdir. Har bir oliy o‘quv yurti, har bir rektor, har bir professor-o‘qituvchi davlatimiz rahbari belgilab bergan bu yuksak maqsadlar sari, yelkama-yelka va faol harakat qilishi lozim.

Bahodir XOLIQOV,

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limdagi islohotlar –taraqqiyot asosi