Umumta’lim maktablari yana o‘quvchi-yoshlar bilan gavjumlashdi. Avvalo, ta’kidlash joiz, yakunlangan o‘quv yilida Buxoro viloyati umumta’lim maktablari 11-sinf bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ularning 88,6 foizi oliy ta’lim muassasalariga, 5,9 foizi texnikumlarga, 1,3 foizi kollejlarga, 3,7 foizi kasbga tayyorlash markazlarida o‘qish istagini bildirgan edi.

Har galgidek oliy ta’lim muassasalarga kirishni xohlovchilar salmog‘i yuqori bo‘ldi. Shu o‘rinda bir misol. O‘tgan o‘quv yilida yoshlarning 823 nafaridan 676 nafari maktablarni oltin, 147 nafari kumush medallar bilan tamomladi. Yana bir quvonchli holat shuki bitiruvchilarning o‘zlashtirish darajasi avvalgi yillardagidan ancha yuqori. Buni ularning ko‘pchiligi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida yuqori natijaga erishgani ham tasdiqlab turibdi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina davlat oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirgan bitiruvchilarning 45,9 foiziga talabalik sharafi nasib etdi. Bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 6.2 foizga ko‘p. Faqat bugina emas. 500 nafardan ortiq buxorolik o‘quvchi maktab partasidayoq xorijiy institutlar va universitetlar talabalari safidan joy oldi.  

– Bir necha yildan buyon Buxoro viloyatining maktab bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha respublikada yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda, – deydi Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Halim Rajabzoda. – Bunda albatta tajribali, ilg‘or o‘qituvchilarning mehnatlari bor. Yana bir muhim jihat iqtidorli o‘quvchilarning respublika va xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalari ham salmoqli bo‘ldi. Ularning 8 nafari respublika fan bellashuvlarida g‘oliblikka erishdi. Bundan tashqari, o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ular safida ixtisoslashtirilgan maktablar ham yetakchilar qatorida bo‘ldi.  

– Barcha sohalar qatori davlat rahbari tashabbusi bilan ta’lim sohasida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, – deydi Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Temir Ro‘ziyev. –Har qanday islohotlarning negizida xalqimizning munosib turmushi, farovon hayoti yotadi. Mana shu munosib turmush, farovon hayotga qanday borish kerakligini davlatimiz rahbari har bir chiqishida aytadi. “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda”. O‘quvchida bilim bo‘lsa, u bilim o‘ziga xizmat qiladi. Agar unda ma’naviyat, insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ulari bo‘lsa, butun yurtga xizmat qiladi. Shu uchun biz o‘qituvchilarga davlat rahbari yoshlarga nafaqat ta’lim, balki tarbiya berish, ma’naviyatini shakllantirish, mustaqil fikrlashni o‘rgatish, o‘zligini to‘liq anglatish vazifalarini yukladi. Albatta, biz, ustozlar uchun bu juda ham sharaf. Chunki O‘zbekistonning taqdiri, Vatanimiz kelajagi mana shu o‘quvchilar qo‘lida ekan albatta biz bor kuchimizni ayamasdan mehnat qilishimiz kerak.

Avvalo, davlat rahbari tomonidan sohani isloh qilishga, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilayotgani ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda mustahkam zamin bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqib, o‘quvchilarning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatiga yarasha mutaxassislikni tanlashiga ko‘maklashish maqsadida maktablar hududidagi universitet va institutlar bilan aloqalarini takomillashtirishga e’tibor yanada kuchaytirilyapti. Darslarni zamonaviy texnologiyalar asosida olib borish orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishda pedagog kadrlarning malakasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.  

–Ta’lim sohasida bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari o‘rganildi, – deydi Buxoro shahridagi 13-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Orzigul Beganchova. – Darsliklarimiz ham yangilanib bormoqda. Bu darsliklarning asosiy tarafi o‘quvchi darsliklardan quruq qoida yoki grammatika yodlamaydi. Bu darsliklar orqali olgan bilimini hayotda qo‘llash usullarini o‘rganadi. O‘quvchi mana shu darsliklar orqali tayyor soha mutaxassisi bo‘lib yetishadi, desak ham bo‘ladi.  

Yana bir raqamga e’tibor qaratmoqchimiz. Bir yil mobaynida oliy toifali o‘qituvchilar soni 2940 nafardan 4763 nafarga, birinchi toifali o‘qituvchilar 7112 nafardan 7800 nafarga oshdi. Taqqoslash uchun, toifasiz mutaxassis pedagoglar soni 8336 nafardan 7250 nafarga, o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar 1708 nafardan 1402 nafarga kamayishiga erishildi. Viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglari bilimini yaxshilash hamda yangicha o‘qitish uslublarini joriy etish maqsadida tashkil etilgan “Mobil metodik guruh” tomonidan ta’lim sifati past va muhiti og‘ir bo‘lgan 15 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga metodik yordam berildi. Natijada ta’lim sifati va ko‘rsatkichlari oshdi. Ushbu yo‘nalishda ham o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar soni 15 tadan 8 taga kamayganligini ko‘rish mumkin. Tizimda ilg‘or xalqaro tajribalardan samarali foydalanish, yangi zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish maqsadida so‘nggi besh yil mobaynida Yaponiya, Rossiya va AQSH davlatlaridan 51 nafar, xususan, birgina  2023-2024 o‘quv yilida 10 nafar xorijiy pedagog umumta’lim maktablariga jalb qilindi. Shu kabi keng qamrovli harakatlar o‘z samarasini bermoqda.  

– Buxorolik malakali o‘qituvchilarning tajribalari viloyat, respublika miqyosida ommalashtirildi, – deydi Buxoro shahridagi 16-maktab o‘qituvchisi Zamira Mansurova. – O‘qituvchi uchun eng yaxshi imkoniyatlardan biri bu elektron tizimga o‘tilgani. Turli xildagi qog‘oz hujjatlarning bekor qilinganligi o‘zining samarasini berdi. Tejab qolinadigan vaqt ham o‘qituvchining o‘z ustida ishlashiga imkon bermoqda.  

Shu o‘rinda ta’kidlash kerak, butun hayotini yosh avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan jonkuyar o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning ish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oshirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Vazir jamg‘armasi ustamasining joriy etilishi ham bu boradagi tashabbuslardan biri bo‘ldi.  

– Oxirgi yillarda o‘qituvchilarga davlat rahbari tomonidan berilayotgan e’tibor, maoshlarining oshirilishi, rag‘batlantirish choralarining ko‘payishi ham samarali, sifatli mehnat qilishga undamoqda, –deydi Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Halim Rajabzoda. – Bu ham o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda viloyatda 200 ga yaqin o‘qituvchilar ustamalar oladigan, 1000 dollardan ziyod oylik maosh va vazir jamg‘armasi ustamalarini ham oladiganlar bor. Joriy yilda mazkur ustama uchun o‘tkazilgan tanlovda 177 nafar o‘qituvchi g‘olib chiqdi. Ular har oy maoshlariga qo‘shimcha 5.5 million so‘mdan ortiq ustama oladi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham Buxoro viloyati respublikada peshqadamlar qatorida bormoqda.  

Ayni paytda tizimda 547 davlat va 21 ta xususiy maktablar faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda Investitsiya dasturi doirasida viloyatida 1 ta yangi maktab qurildi. 12 ta maktab binosi rekonstruksiya qilindi. Buning uchun davlat byudjetidan 65 milliard 797 million so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, 3 milliard 312 million so‘m  miqdoridagi mahalliy byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan 10 820 ta sinf xonasi ta’mirlandi. Bundan tashqari, 2023 yilning o‘tgan davrida umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, qurilish-ta’mirlash ishlari va jihozlashga hamda muassasalarni yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlashga katta e’tibor berildi. Shu maqsadda viloyat mahalliy byudjetidan 17 milliard 700 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.  

Diqqatga sazovor yana bir jihat. Ta’lim muassasalarining ehtiyojlarini ta’minlashda “Tashabbusli byudjet” imkoniyatlaridan tobora keng foydalanilmoqda. Mazkur loyihaning joriy yilgi 1-bosqichida 124 ta’lim muassasasi g‘olib, deb topildi. Ajratilgan 100,4 milliard so‘mlik mablag‘ hisobiga ularning sinf xonalari, sport zallari ta’mirlandi, maktablar hududi obodonlashtirildi.  

Ayni paytda viloyatda kasb o‘rgatish yo‘nalishida 483 ta maktabda texnologiya xonalari mavjud bo‘lib, ularning 429 tasi belgilangan talablar asosida jihozlandi. Bundan tashqari, tuman, shaharlarda o‘quvchilarga 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb o‘rgatiladigan 1 tadan jami 13 ta maktablar tanlanib, belgilangan talab asosida zamonaviy jihozlandi hamda 20 ta professional ta’lim muassasalarida umumta’lim maktablari o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratildi.  

Quvonarlisi, joriy yilda viloyatda oliy toifali o‘qituvchilar ulushi 19 foiz hamda birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi 30 foizga yetkaziladi. Bundan tashqari, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali “Cambridge” tajribasi asosida 7 ming nafar pedagog xodimlarning malakasi oshiriladi. Bu ham galdagi maqsadlar nechog‘li ulkan ekanini amalda isbotlamoqda.  

Zarif Komilov,  

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limdagi islohotlar o‘z samarasini bermoqda