Ta’limdagi islohotlar – kelajakning mustahkam poydevori
FOTOREPORTAJ
Yurtimizda yoshlarning intellektual salohiyatini va ijtimoiy faolligini oshirishda ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yorqin kelajakka mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiluvchi ushbu islohotlar namunasini Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi 4-umumta’lim maktabida ham ko‘rish mumkin.
[gallery-6334]
Ushbu ta’lim maskanida 1 ming 100 nafar o‘g‘il-qiz bilim olmoqda. Bu yerda asosan matematika, kimyo, fizika kabi fanlar chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi. Shinam o‘quv va mashg‘ulot xonalari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uchun mo‘ljallangan faollar zali, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan axborot-resurs markazi maktab o‘quvchilari ixtiyorida. Bilim dargohida mehnat qilayotgan 65 nafar pedagog bor kuch va imkoniyatini ishga solgan holda o‘quvchilarga puxta ta’lim-tarbiya bermoqda.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA