Ilm yo‘liga kiritilgan investitsiya hech qachon besamar ketmaydi.
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Singapurning “Marshall Cavendish” ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda murabbiylar uchun o‘quv mashg‘uloti boshlandi. 10 yanvargacha davom etadigan mashg‘ulotlar o‘quvchilarda PISA - o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmani baholaydigan xalqaro dasturga asoslangan mahoratni shakllantirishga qaratilgan. Shu orqali yoshlarning ilmiy savodxonligini oshiradigan ilg‘or uslub chuqur o‘zlashtiriladi. Seminarda qatnashganlar keyinchalik boshqa hamkasblarini mazkur qo‘llanma bilan tanishtirib, yangi bilimlarini amaliyotda keng miqyosda qo‘llaydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/F-UByZEcK8o" title="Ta’limda Singapur modeli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA