FOTOREPORTAJ

Namangan davlat pedagogika institutida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish, shuningdek, maishiy korrupsiyaga barham berish borasida barcha darajadagi rahbar va xodimlarning mas’uliyatini oshirish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari O. Bozorov, viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘’basi rahbari D. Ermatov hamda viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori S. Dadamirzayev ishtirok etdi.

Viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari – rektorlar, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari hamda politexnikumlar direktorlariga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va halollik tamoyillarining amaliy ahamiyati hamda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Korrupsiyaning salbiy oqibatlarini o‘zida aks ettirgan 3 ta qisqa metrajli videorolik namoyish etildi. 

[gallery-25931]

Yig‘ilishda ta’lim tizimida korrupsiyaning barvaqt oldini olish, unga qarshi kurashish, maishiy korrupsiyaga barham berish, shaffof boshqaruv mexanizmlarini kuchaytirish hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish masalalari yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Ta’lim muassasalarida “Halollik muhitini mustahkamlash – har bir jamoa a’zosining burchi”, degan g‘oya asosida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni muntazam amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limda halollik – taraqqiyot asosi