Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ta’limda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning takliflari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab ta’limidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini o‘quvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbirda 500 dan ziyod bitiruvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 2 ta sport hamda 185 ta ixtisoslashtirilgan maktab, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Fan olimpiadalari markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

[gallery-24040]

Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 330 nafar, ijod maktablarini 316 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 7381 nafar o‘quvchi tamomlayotgan bo‘lsa, o‘tgan o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 ming 856 nafar o‘quvchi bitirgan.

Bitiruvchilar safida xorijning nufuzli oliygohlari to‘liq grantlarini qo‘lga kiritgan yoshlarimiz salmog‘i katta. Xususan, Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Asilbek Ashurov AQSHning Chikago universitetiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bitiruvchimiz yutgan grant miqdori 420 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. 

Asilbek Chikago universitetining to‘liq grantiga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik o‘quvchi bo‘ldi.

Iqtidorli yoshlarimizdan Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Pahlavon G‘ulomov hamda 9-sinf o‘quvchisi Asilbek Ashrapov Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida “Global High schools” (global o‘rta maktablar) yo‘nalishida yomg‘ir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aziza Ne’matova – AQSHning “ TechGirls-2024” loyihasi finalchisi va birinchi O‘rta osiyolik “Women in Tech” g‘olibi bo‘ldi. Aziza “Girls in Research” loyihasida kvant hisoblash bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borib, maqolasi xalqaro jurnalga qabul qilingan. Uning axborot texnologiyalari sohasiga qo‘shgan hissasi “Navoi Tech Teens” loyihasi va “IT Girls Hackathon Navoi – 2024” tashabbuslari orqali yanada kengaydi. Shuningdek, Aziza AQSHning Boeing, Amazon, Microsoft, Oracle va META kabi yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tagan.

Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Aydos Kitaybekov AQSHning nufuzli Braun universitetiga 396 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Yusufboy Yusupov Buyuk Britaniyaning top universitetlaridan biri bo‘lgan University College London (UCL)ga o‘qishga qabul qilindi. Ushbu bilim dargohi London QS xalqaro top universitetlar reytingida 9-o‘rinda turadi.

Ijod maktablari bitiruvchilarining 100 foizi (316 nafari) xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Shundan 56 foizi ikki va undan ortiq xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlarga ega.

Ijod maktablari bitiruvchilarining 95 foizi (300 nafari) muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliygohlardan takliflar qabul qilib olishgan.

Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi A’zamjon Shamsiddinov AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan San Francisco Bay University (SFBU)da tahsil olish uchun to‘liq grantni qo‘lga kiritdi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nilufar Jaylovboyeva Malayziya davlatida joylashgan Xiamen universitetining “Biznes boshqaruvi” yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq grant bilan o‘qishga qabul qilindi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining 3 ming 58 nafari (41,43 > Shawkat: foizi) chet tilini bilish bo‘yicha B2 va C1 daражаdaги, 5 ming 831 nafari (79 foizi) umumta’lim fanlarini bilish bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. 639 nafar (8,66 foiz) bitiruvchi esa muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.

Bitiruvchilar qurultoyi doirasida Bitiruvchilar kengashi yig‘ilishi, uchrashuvlar, taqdimotlar va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti o‘tkazildi. 

Bitiruvchilarimiz tomonidan sun’iy intellekt, STEM integratsiyasi, yashil texnologiyalar, robototexnika, kiberxavfsizlik, kelajak kasblari va raqamli ko‘nikmalar, global dunyoda milliy qadriyatlar kabi mavzularda yangi loyihalar va ishlanmalar investorlar e’tiboriga taqdim qilindi. 

Shuningdek, to‘liq grant asosida TOP-50 reytingdagi universitetlarda tahsil olayotgan talabalar, “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda xorijiy oliygohlarni muvaffaqqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. 

N.Usmonova, 
Alimurod Mamadaminov (surat), 
O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’limda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori