Davlatimiz rahbari 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni arafasida bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar bilan ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan muloqotida qilinishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalarni belgilab berdi.

Avvalo, Prezidentimiz hozirgi kungacha rivojlantirilayotgan xususiy ta’lim markazlari, o‘rta maktablar hamda oliy ta’lim uzviyligini ta’minlashda ustozlarning roli muhim omil kasb etishini alohida qayd etdi.

Ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlash bugungi kunda barchamizning kundalik vazifamizga aylanmog‘i lozim. Chunki bundan buyon hududlarning birinchi rahbarlari faoliyatiga baho berishda ta’limning sifati, maktablardagi sharoit hamda eng asosiysi, o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biri bo‘ladi. Qon-qonimizga singib ketgan ta’lim va tarbiya birligi umumxalq ishiga aylansagina haqiqiy fidokor, vatanparvar avlod yetishib chiqadi.

Prezidentimiz nutqida “Bundan keyin endi maktabgacha ta’limdan boshlab to malaka oshirish tizimigacha yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik ta’lim klasterlari tashkil etiladi”, deb alohida ta’kidlandi. Mazkur klaster tajriba-sinov tariqasida dastlab Buxoro davlat pedagogika instituti hamda Andijon davlat pedagogika institutlari boshqaruvida bo‘ladigan hududlardagi pedagogika kollejlarida yo‘lga qo‘yilishiga urg‘u berdi. Bu taklif yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga butun umrini kamarbasta qilib ishlayotgan pedagoglarga yanada kuch-g‘ayrat bilan faoliyat yuritishlari yo‘lidagi katta g‘oyadir. Undan tashqari, pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etish g‘oyasi barcha murabbiylarni ruhlantirdi. 

Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin, ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz niyat qilgan va intilayotgan jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi. Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. 

Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Ma’lumki, so‘nggi yillarda globallashuv turli tuman qarashlar asosida, deyarli barcha ijtimoiy hodisalar bilan bog‘liq ravishda talqin etilayotgan muammolardan biriga aylandi. Hozirgi kunda globallashuv jarayoni yangi-yangi hudud va mintaqalarni, inson faoliyatining barcha sohalarini o‘z domiga tortmoqda. Ayniqsa, ba’zi nosog‘lom kuchlar, mafkuraviy va ma’naviy sohada o‘z g‘oya hamda mafkuralarini singdirish, ta’sir doiralarini kengaytirish maqsadida o‘z manfaatlarini ko‘zlab, globallashuv jarayonidan kengroq foydalanishga intilmoqda.

Yoshlarimizni himoya qilishimiz uchun ularning ma’naviyatlarini yuksaltirishimiz va kamolotga erishishlari yo‘lida barcha sharoitlarni yaratib berishimiz zarur. Bu yo‘lda Prezidentimizning aytgan har bir takliflarini amalda yo‘lga qo‘ymog‘imiz lozim. Yangi O‘zbekiston rivoji uchun xizmat qilishda bu kabi taklif va g‘oyalar mayoq bo‘lib xizmat qiladi. 

Bahodir Ma’murov,

Buxoro davlat pedagogika instituti rektori,

pedagogika fanlari doktori, professor.

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim va tarbiya – jamiyatning muqaddas ishidir