Namangan shahridagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan “Ta’lim va ishlab chiqarish” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi.

Uch kun davom etgan mazkur ko‘rgazma oliy ta’lim muassasalari, professional ta’lim maskanlari, o‘quv markazlari, konsalting xizmatlari hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va kasbga yo‘naltirishga qaratildi.  

– Ko‘rgazmada respublikamizdagi 22 ta oliy ta’lim muassasasi, beshta o‘quv markazi, oltita konsalting xizmati, yettita texnikum va kollej jamoalari ishtirok etdi, – deydi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Rahmatilla Mirzayev. – Viloyatimizdagi umumta’lim maktablaridan 20 ming nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etgan jarayonlarda bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalari faoliyati va ularda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/YjmHknuX-fg" title="“Taʼlim va ishlab chiqarish” koʻrgazmasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ta’lim va ishlab chiqarish” ko‘rgazmasi (+video)