2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi. Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-xuquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijro uchun qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan kollej, texnikum hamda kasb-hunar maktablari tashkil topdi.

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi xamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etildi. Kasb-hunar maktablari xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim shaklidir.  

Kasb-hunar maktablarining texnikum va kollejlardan farqi shundaki, texnikum va kollejlarga 11-sinfni tugatgandan keyin qabul qilinadi. O‘qish ikki yillik to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kasb-hunar maktablarida umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda ikki yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.  

O‘quvchilarning ta’lim olishlari davlat byudjeti tomonidan qoplanib, kelajakda o‘z kasbining mohir ustalari bo‘lib yetishishlariga zamin hozirlaydi. Toshkent tumani “Zargar” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabi 2021 yilda rekonstruksiya qilingan bo‘lib, maktab quvvati 540 o‘rinli. Hozirgi kunda 615 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Kasb-hunar maktabida darslar 10-11 sinf darsliklari asosida o‘tiladi. Kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli, o‘z kasbining mohir ustalari bo‘lgan oliy ma’lumotli xalqaro ekspertlik sertifikatiga ega bo‘lgan ustozlar tomonidan chuqurlashtirilgan tarzda ta’lim beriladi.  

Toshkent tumani 2-son kasb-hunar maktabi tashkil topganiga 2 yil bo‘lganiga qaramay rahbariyat sa’y-harakatlari bilan Toshkent viloyati miqyosida 35 ta kasb-hunar maktablari orasida birinchi o‘rinda. Respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari bo‘lib, mazkur muassasa 10-o‘rinda turadi. Bu yerda dars va amaliy mashg‘ulotlar jarayoni zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan uzviy bog‘langan. Maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilar orasida fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotganlar bor.  

Malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha bor imkoniyatlardan oqilona foydalanilayotgani o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. Ikki yil davomida ta’lim muassasasida tahsil olgan 195 nafar o‘quvchi oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga qabul qilindi. Sport, oshpazlik, badiiy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatda, respublikada o‘ndan ortiq o‘quvchi faxrli 1-o‘rinni egalladi. 

Oliy ta’lim dargohlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarning qiziqishlarini uyg‘otish, ta’lim dargohi bilan yaqindan tanishtirish, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy saviyasini oshirish, boy tariximiz, buyuk ajdodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, muzeylar, muqaddas qadamjolar, teatrlar, ziyoratgohlarga olib boriladi.  

Iqtidorli o‘quvchilarning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Tadbirlarda o‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qilgan o‘quvchilar doimiy ravishda taqdirlab boriladi.  

Ta’lim muassasasida har bir o‘quvchining kasbiy yo‘nalishi, egallamoqchi bo‘lgan o‘quv fanlari bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan to‘garaklar tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusi bo‘yicha o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitobxonlik, sport va kasblar” bo‘yicha to‘garaklar ham  faoliyat olib boradi. Ushbu to‘garaklar davlat tomonidan bepul tashkil etiladi. Kasb-hunar maktabi hozirgi kunda zamonaviy kutubxona, faollar zali, sport zali va stadion, oshxona, kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy ustaxonalar va innovatsion o‘quv xonalari zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan. Kasb-hunar maktabida Wi-Fi mavjud. Barcha ishlab chiqarish ta’lim ustalari “WORDSKILLS” ekspertlik xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar hisoblanadi.  

Ta’lim muassasasida hozirgi kunda 8 ta kasbiy yo‘nalish mavjud. Mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatiladi. Kasb-hunar maktabida 57 ta korxona va tashkilot bilan hamkorlikda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun shartnomalar tuzilgan.  

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi