Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslar haftaligi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish va ta’lim sifatini oshirish” mavzusida panel sessiya tadbiri tashkil etildi.

E’tirof etilganidek, Yangi O‘zbekistondagi islohotlar maktab ostonasidan boshlanadi, degan tamoyil va shior ma’rifiy sohalarda kechayotgan tub ijobiy o‘zgarishlarda ustuvorlik kasb etmoqda. O‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, oliy ta’lim tizimiga qamrovni kengaytirish, jahon ta’limining eng ilg‘or tajribalarini o‘qitish tizimiga joriy etish borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ham mamlakatimizda kechayotgan tub islohotlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Jahon bankining yetakchi iqtisodchisi va dasturlar menejeri Tazin Fasihning fikricha, O‘zbekistonda maktabgacha va maktab ta’limi borasida erishilayotgan yutuqlar tahsinga sazovordir. Ta’lim infratuzilmasiga sarmoya kiritish barqaror o‘sishda muhim ahamiyatga ega, xalqaro ko‘mak esa ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, MELQO xalqaro baholash instrumenti orqali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan ta’lim sifatini baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy holati va sifati yuqori darajada.

– Birlashgan Arab Amirliklari hukumati ta’lim rivojlanishini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Biz O‘zbekiston bilan barcha sohalarda, ayniqsa, ta’lim sohasida aloqalarni mustahkamlashga intilmoqdamiz, – dedi “Emirates National Schools” tashkiloti bosh direktori Ahmad al-Bastaki. – Ta’limni yoshlarimiz uchun porloq kelajak qurishning asosi, deb bilamiz va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik bu maqsadga erishishda muhim rol o‘ynashiga ishonamiz.

– O‘zbekiston ta’lim taraqqiyoti yo‘lida noyob qadam qo‘ydi, – dedi Myunxen texnika universiteti professori Volvgang Xerrmann. – U so‘nggi yillarda ushbu yo‘lda jadal harakat qilayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bu yerda maktab va oliy ta’limni rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezident maktablari tajribasi hamda o‘zim faxriy Prezidenti hisoblangan Yangi O‘zbekiston universiteti bu boradagi ko‘zga ko‘rinarli tashabbuslardan biridir. O‘ylaymanki, bugungi panel sessiyada keltirib o‘tilgan hamda O‘zbekistondagi ta’lim islohotlariga doir fikrlar kelajagini ta’lim rivoji bilan bog‘lagan yurt uchun muhim ahamiyatga ega.

“Times Publishing LTD” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Syu Peng Yimning e’tirof etishicha, o‘zbekistonlik pedagoglar va xalqaro hamkasblar o‘rtasida ilg‘or tajriba almashish barqaror ta’lim tizimini barpo etishda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro hamkorlik orqali qo‘llab-quvvatlangan o‘qituvchilar malakasini oshirish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning asosiy omili bo‘lib qolmoqda.

– Biz O‘zbekistondagi ta’lim islohotini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, chunki u Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar uchun ilhom va namuna bo‘lib xizmat qiladi, – dedi “Times Publishing LTD” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Syu Peng Yim.

– O‘zbekiston maktablaridagi o‘qituvchilar malaka oshirishi bo‘yicha tajribamizni qo‘shni davlatlarda ham tatbiq etmoqdamiz, – dedi Norvich til ta’limi instituti direktori Tom Kiddl. – Bu model Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonda o‘tkazilgan amaliy tadqiqotlarda qo‘llaniladi. Natijada o‘zbekistonlik o‘qituvchilar shijoati qo‘shni o‘lkalardagi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlab, ilhomlantiradi.

Panel sessiyasida O‘zbekiston ta’lim tizimining istiqbollari, xalqaro hamkorlik, tizimdagi ilg‘or ma’rifiy loyihalar xususida ham batafsil so‘z yuritildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim tizimini transformatsiyalash va o‘qitish sifatini oshirish masalalari muhokama etildi