Xalqimiz azaldan ilmli, ma’rifatli kishilarni qadrlagan, ilm ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan.

Shundan bo‘lsa kerak, xalq orasida «Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni», degan naql keng tarqalgan. bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yurtimizda mustahkam huquqiy poydevor yaratilgan.  

Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining aholi, qolaversa, yoshlarni ilm-fanga chuqur yo‘naltirishga qaratilgan tashabbuslari maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.  

Mamlakatimizda ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tibor samarasi o‘laroq yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratildi, 3 yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasi bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda. Iqtidorli bolalar uchun maxsus fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar ko‘payyapti.  Qishloq maktablaridagi shart-sharoitlar ham shahar maktablaridan qolishmasligi, bilimga chanqoq yoshlarning soni kun sayin oshib borayotganing isbotidir. 

Davlatimiz rahbari Bosh Qomusimizda davlat maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan, xususiy ta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berish bilan bog‘liq normalar ham bo‘lishi kerakligini bejiz ta’kidlaganlari yo‘q.  

Ta’lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo‘lib, unda hech qachon tanaffus bo‘lmaydi. Bu yuksak mas’uliyat talab etadigan jarayondir. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiya ijtimoiy islohotlar zanjiridagi eng muhim halqa hisoblanadi. Bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fanning uyg‘un bo‘lishi, konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilishi esa hammamiz uchun birdek quvonchli.  

Shavkat AYUPOV,

O‘zbekiston Qahramoni

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim-tarbiyada hech qachon tanaffus bo‘lmaydi