Bugun dunyoda informatsion texnologiyalar, xususan, internetning rivojlanishi insonlarning ta’lim olish madaniyatini tubdan o‘zgartirdi. Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llash keng amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda interfaol ta’lim muhitini yaratish, o‘quvchilarning tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirishning innovatsion metod va texnologiyalarini takomillashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Bugungi kun ta’limida yaratuvchilik faolligini oshirish maqsadida zamonaviy ta’lim konsepsiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish vazifasiga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, qator muammolar va uning yechimlarini ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

«International school of finance technology and science» institutida «Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishda fanlararo yondashuvning o‘rni» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi hamda 2023-yil 28-fevraldagi "2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratildi.

Anjumanning asosiy maqsadi – oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalar asosidagi o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish. Shuningdek, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda talabalarning ta’lim tizimiga qiziqishini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan takliflar ishlab chiqishdir. Bu jihatlar muhim bo‘lganligi bois ilmiy-amaliy konferensiyada pedagogika, psixologiya, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix, tabiiy fanlar, mediasavodxonlik va axborot madaniyati hamda boshqa fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, konferensiyada psixologiya fanining ta’lim va shaxs taraqqiyotidagi roli, umumta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va fanlararo bog‘liqlikni amalga oshirish metodikasi, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishda yoshlarning o‘rni kabi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tildi. 

Konferensiya yakunida ma’ruzachilar va ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari, mulohazalari asosida rezolyutsiya qabul qilindi. 

Marhabo MADAMINOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni