Mamlakatimizda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish, ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda o‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, uslublari va texnologiyalarini joriy qilishga muhim e’tibor qaratilmoqda. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek xayrli ishlarda xususiy sektorning ham ulushi ortib borayotganligi ta’limda sifat va samaradorlikni yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona viloyatida ham nodavlat ta’lim muassasalari soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda 100 ta xususiy maktab faoliyat ko‘rsatmoqda. 2024 yil davomida tadbirkorlar tomonidan 95,6 milliard so‘m investitsiya kiritilib, 15 ta xususiy maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Farg‘ona shahrida 38 milliard so‘m mablag‘ hisobiga 1000 o‘rinli “Yuksalish” xususiy maktabi, 35 milliard so‘m mablag‘ hisobiga 800 o‘rinli “Registon” xususiy maktablari o‘z faoliyatini boshladi.

Farg‘ona shahrida viloyatda faoliyat olib borayotgan nodavlat ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilari bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda ta’lim sifatini yanada yaxshilash, yoshlar tarbiyasi, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot davomida xususiy ta’lim muassasalarining pedagoglari o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sohasida xususiy sektorning ishtiroki ko‘paymoqda