Qo‘qon davlat pedagogika institutida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida institut rektori Dilnoza Xo‘jayeva, Rossiyaning V.G.Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti rektori Yanina Chigovskaya-Nazarova hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Yekaterina Kalininalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda har ikki oliy ta’lim muassasalari rektorlari bugungi kundagi hamkorlik aloqalari haqida to‘xtalib, kelgusida ushbu aloqalarni yanada mustahkamlashga ishonch bildirdi. Shuningdek, mehmonlar Qo‘qon davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Institutdagi pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi, o‘quv jarayonlari tashkil etilishi, boshqaruv strukturasi, kadrlar tayyorlash mexanizmlari mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
Tashrif davomida mehmonlar qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitilayotgan talabalar bilan ham uchrashdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga bevosita javob oldilar.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA