Ta’lim sohasi fidoyilari taqdirlandi
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar etib tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh vatandoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qaroriga muvofiq faxriy unvonlar, orden va medallar, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
[gallery-4119]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida mazkur mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.
Tantanali tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov yig‘ilganlarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan muborakbod etdi.
Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, keng kӯlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ahamiyatli tomoni, o‘qituvchilar va murabbiylar hamisha Prezidentimiz va davlatimiz e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bayram munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimiz yurtimizning yuksak mukofotlarini olishga muyassar bo‘lgani ana shu e’tibor va g‘amxo‘rlikning bir ko‘rinishidir.
Tadbirda mazkur faxriy unvonlar, orden va medallar hamda ko‘krak nishonlari ӯz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA