A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti va bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida “Ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. 

Shunga ko‘ra, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatilgan. Tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlarni joriy qilishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilayapti.

“Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da PISA o‘quvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlar qatoriga kirishi ko‘zda tutilgan. Bu bo‘yicha barcha amaliy ishlar qilinmoqda.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda PISA o‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, O‘quvchilarning o‘qish va tushunish darajasini baholash xalqaro PIRLS dasturi, Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA), Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi, Ta’lim strategiyasini rivojlantirish instituti (Rossiya) bilan tahliliy o‘rganishlar olib borilyapti.

O‘qish, matematika, tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlar va kreativ fikrlash bo‘yicha 15,3-16,2 yoshli o‘quvchilar uchun bilimlarni baholash har 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi 4-sinf o‘quvchilari uchun 5 yilda bir marta o‘tkaziladi.

PISA va PIRLS baholash dasturlari bo‘yicha 2020 yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tajriba-sinov tadqiqotlari COVID-19 koronavirus pandemiyasi sababli kechiktirildi.

Vebinarda qayd etilishicha, xalqaro baholash dasturlarining ochiq bazalaridan foydalanilgan holda milliy savollar bazasi shakllantirilgan. 21 nomdagi o‘quv-uslubiy materiallar – o‘quvchilarning o‘qish, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha qo‘llanma va topshiriqlar elektron to‘plami ishlab chiqilgan. 4 nomdagi metodik qo‘llanma – xalqaro baholash dasturlari haqidagi tushunchalar, namunaviy topshiriqlar, ularni bajarish bo‘yicha metodik qo‘llanma 40 ming nusxada chop etilgan. O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo‘ljallangan Axborotnomaning 1-soni nashrdan chiqarilib, 445 nusxada tayanch maktablarga yetkazilgan.

Onlayn trenajyor dasturning test versiyasi ishga tushirildi, – deydi Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktor o‘rinbosari Xikmatilla Daminov. – 129 ta topshiriq joylashtirilgan, 61 ming 400 dan ortiq o‘quvchi foydalangan.

 Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasiga asosan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Respublika bo‘yicha 348 ta tayanch maktab belgilandi. Tayanch maktablarga qolgan maktablar biriktirildi. Tayanch maktablarning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda muhim hisoblangan kompyuter sinflari bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.

Ma’lumot uchun, tayanch maktablar hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha asosiy metodik baza hisoblanadi. Mazkur maktablar tomonidan PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS tadqiqotlari bo‘yicha mos ravishda tizimdagi mutaxassislar orasidan trenerlar guruhi shakllantiriladi. O‘quvlar, seminar-treninglar, davra suhbatlarini o‘tkazish uchun o‘quv-metodik materiallar, mustaqil shug‘ullanish uchun topshiriqlar, audio-video resurslar va boshqa materiallar ishlab chiqiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro tadqiqotlar