Keyingi yillarda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari faoliyati chuqur tahlil qilinib, ularda xalqaro standartlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada oliy o‘quv yurtlarining xalqaro miqyosda jozibadorligi ortib, jahon reytinglaridagi o‘rni mustahkamlanmoqda.
Bu, albatta, quvonarli. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini qanday baholash mumkin, xalqaro miqyosda ta’lim sifatini baholaydigan aniq o‘lchov bormi, nimaga asoslanib bir oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifati yuqori, ikkinchisida esa past holat kuzatiladi? Shu kabi savollar yuzasidan Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi Xalqaro hamkorlik va xorijiy tajribani tadqiq qilish bo‘limi boshlig‘i Musurman HURRAMOVning fikrlariga qiziqdik.
– O‘zbekiston tarixida ilk bor oliy ta’lim muassasalarimiz xalqaro reytinglarda yuqori natijalarni qayd etdi. Xususan, bu yil ilk bor O‘zbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari “TOP-1000”taligidan o‘rin egalladi. Buyuk Britaniyaning “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan “QS World University Rankings-2025”da “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 547-o‘rinni hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 781-790 o‘rinni qayd etdi, – deydi M. Hurramov. – Biroq ushbu reytinglardagi o‘rnimizga mos ravishda oliy ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim sifatini ham uzluksiz oshirib borish muhim hisoblanadi. Ya’ni, ta’lim sifati holatini baholaydigan yangicha mexanizmlarni joriy etish lozim bo‘ladi.

Darhaqiqat, ta’lim sifati keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uni baholaydigan aniq o‘lchov mavjud emas. Xorij tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, asosan ikki xil usuli keng tarqalgan – ichki va tashqi baholash. Ichki baholash, bu – oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil tarzda ishlab chiqilgan ta’lim sifatini baholash mezonlari. Tashqi baholash esa – ichki baholashning davomi bo‘lib, ko‘pincha, nodavlat tashkilotlari tomonidan oliy ta’lim muassasasida berilayotgan ta’limning tegishli standartlarga muvofiqligi tekshiriladi. Tashqi baholashning yakuni akkreditatsiya jarayonlari bilan tugaydi.
Albatta, ichki va tashqi baholash qoidalari ham, davlat tomonidan belgilangan ichki tartib-qoidalar ham xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ishlab chiqiladi. Mazkur standartlardan eng ommalashgani 2015 yilda Bolonya tizimini qabul qilgan 48 davlatning ta’lim vazirliklari tomonidan ma’qullangan “Yevropa oliy ta’lim hududida oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha standartlar va yo‘riqnomalar”dir.
Endi ta’lim sifatiga baho berishni talabalar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishga harakat qilsak. Ma’lumki, bugungi kunda qator rivojlangan davlatlar oliy ta’lim muassasalarida talabalarga ta’lim xizmatlarining xaridori sifatida qarash kayfiyati keng tarqab ulgurdi. Ta’lim sifatiga iste’molchi nuqtai nazaridan baho berish asosiy o‘ringa chiqdi. Mana shunday amaliyotlardan biri Buyuk Britaniyada qo‘llanilib kelinayotgan – Umummilliy talabalar so‘rovnomasi (National student survey)dir. Mazkur tadqiqot natijalarining yillik hisoboti, маълuмотларнинг liga jadvali ko‘rinishida e’lon qilib borilishi мамлакатdaги oliy ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
Xuddi shunday umummilliy talabalar so‘rovnomasini joriy etish mamlakatимиз oliy ta’lim tizimi uchun ham noyob tajriba bo‘lishi mumkin, chunki u tizimning kuchli va zaif tomonlari haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi hamda oliy ta’lim sifatini takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi.
– Bu haqda batafsil ma’lumot bersangiz?
– Umummilliy talabalar so‘rovnomasi Buyuk Britaniyada 2005 yildan beri har yili yanvar-aprel oylarida o‘tkazib kelinadi. So‘rovnomada Angliya, Uels, Shimoliy Irlandiya va Shotlandiyadagi davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladigan барча oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi.
Umummilliy talabalar so‘rovnomasida har yili qariyb yarim million talaba qatnashadi. Bu oliygohlar, kollejlar va talabaлар uyushmalari faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash, so‘rovnoma natijalari asosida ta’lim sifatini oshirishga yordam берадиgaн tadqiqot hisoblanadi. Ushbu tadqiqot so‘rovnoma shaklida bo‘lib, ko‘pchilik talabalarning fikr-mulohazalarini aks ettiradi.
Umummilliy talabalar so‘rovnomasi Talabalar ofisi (Office for Students – OfS) nodavlat tashkiloti buюртмасиga asosan xalqaro tadqiqot компанияси – “Ipsos MORI” томониdaн o‘tkaziladi. So‘rovnoma Buyuk Бриtaниянинг vakolatli organlari – Angliyadagi Oliy ta’limni moliyalashtirish kengashi, Uelsdagi Oliy ta’limni молиялаштириш kengashi, Shimoliy Ирландиянинг Iqtisodiyot departamenti hamda Shotlandiya Moliyalashtirish kengashi tomonidan moliyalashtiriladi.

So‘rovnomaning yakuniy natijalarini tekshirish jarayonida natijalarga ta’sir qilish holati aniqlansa, NSS ma’lumotlarining шаффофлиги shubha ostiga olinadi. Bu holatda Buyuk Britaniyaning vaколатли organlari bilan hamkorlikda Talabalar ofisi o‘sha yili tegishli oliygoh yoki kollej uchun NSS natijalarini e’lon qilmaydi.
Umummilliy talabalar so‘rovnomasida ishtirok etish ixtiyoriydir. Agar talaba ishtirok etishni istamasa, “Ipsos MORI”ga murojaat qilib so‘rovnomada ishtirok etishdan voz kechishi mumkin.
– So‘rovnoma qanday talablarni o‘z ichiga oladi?
– Bunda har bir talabaga o‘z fikrini erkin bildirishi uchun teng imkoniyat beriladi. Talabalarning javoblariga oliygohlar yoki kollejlar ta’sir ko‘rsatmasligi, ular o‘z tajribalari haqida o‘zlarining samimiy fikr-mulohazalarini bemalol aytishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, talabalardan so‘rovnomani to‘ldirish so‘ralmasligi va ular o‘zlarining javoblari nazorat qilinayotganini his qilmasligi lozim.
– So‘rovnomalarda talabalar qanday mavzularda o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi?
– Bunda avvalo dars berish sifati, talabalarga o‘qish uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bilimini baholash, professor-o‘qituvchilardan akademik yordam olish, ta’lim tashkilotining boshqaruv samaradorligi va o‘quv resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha fikrlarini bildirishadi. Shuningdek, ta’lim dargohlarida talabalar fikri inobatga olinishi, so‘z erkinligi, umumiy qoniqish masalalariga ham yondashiladi.
Bundan tashqari, hamshiralik ishi va akusherlik kabi tibbiyotga doir yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarga qo‘shimcha (amaliyotga joylashishi haqida) savollar berilishi mumkin.
Talabalar orasida ma’lum bir kollej yoki oliygoh uchun сўровнома o‘tkazish paytida so‘rovnoma natijalari NSS belgilagan чеgaраларga mos kelmasa, o‘sha izohlar kollej yoki oliygohning sifat кўрсаткichiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Natijalarning javob darajasi va talabalar soni qanchalik yuqori bo‘lsa, oliygoh va kollej haqidagi ma’lumotlar ishonchliligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Agar Britaniya tajribasiga xos ushbu amaliyot oliy ta’limning barcha manfaatdor tomonlari ehtiyoj va talablarini hisobga olgan holda, turli metodologiyalar bilan uyg‘unlikda qo‘llanilsa, har qanday mamlakat oliy ta’lim tizimi uchun ta’lim sifatini кафолатлашнинг namunali modeli bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda ham shunga o‘xshash respublika miqyosidagi so‘rovnomalarni joriy etish oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yaxshigina turki beradi. Ammo buni shoshma-shosharlik bilan emas, aksincha, dastlab mikrodarajada sinovdan o‘tkazib, yaxshi samara bersa, keyinchalik amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bundan tashqari, barcha sohalar singari oliy ta’lim tizimida ham bozor qonuniyatlari jadallik bilan rivoj topmoqda. Bir qator davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy va akademik erkinlik berildi. Oliy ta’lim muassasalari o‘zlarini-o‘zlari moliyalashtirishga, ya’ni mablag‘ topishga harakat qilmoqda.
Ammo sir emaski, ko‘plab oliy ta’lim muassasalarining asosiy daromadi talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘laridan shakllantirilmoqda. Shu sababli ta’lim xizmatlarining mijozi bo‘lgan talabalarning ham fikrlariga quloq tutish vaqti kelgan. Ular ham o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasidagi ta’lim sifatiga baho berishga haqli.
Biroq alohida qayd etish kerakki, talabalarning ta’lim sifatiga baho berishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmasligi, balki oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim sifati holatini yaxshilashga xizmat qiladigan mexanizmga aylanishi lozim.
O‘zA muxbiri
Abdulaziz RUSTAMOV suhbatlashdi.