O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida jadal islohotlar davom etmoqdaki, bu o‘zgarishlar o‘z navbatida mamlakatimizdagi ta’lim sohasini ham o‘z ichiga qamrab olgani muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har bir mamlakatning taraqqiyotida uning ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim tizimi alohida o‘rin tutadi. Ta’limni rivojlantirish, unga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, kadrlar raqobatbardoshligini oshirish va mamlakatning barqaror rivojlanish sharti ekanligiga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ta’lim sohasi ekanligi bejizga emas. Zero, jamiyatni inson, insonni esa ta’lim o‘zgartiradi. So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimi tubdan isloh etilmoqda. Islohotlarning asosiy maqsadi jamiyatdagi yoshlarning bunyodkorlik potensialini oshirish, mustaqil hayotda muvaffaqiyatga erishish imkonini kengaytirishdan iborat. Mazkur maqsadlarning asosiy sharti sifatida oliy o‘quv yurtlarining o‘qitish metodologiyasi, ta’limning ilg‘or uslublarini tezkorlik bilan joriy etish va rivojlanish yo‘nalishlarini mustaqil belgilash huquqlariga ega bo‘lishiga bog‘liq. Dunyoning eng sara xorijiy universitetlari muvaffaqiyati va raqobatbardoshligining asosiy sharti ham ularning akademik erkinlikka egaligidir. Bu borada oxirgi yillarda bosqichma-bosqich oliy ta’lim tashkilotlarining 40 dan ortig‘iga akademik va moliyaviy mustaqillik berilishi muhim qadam hisoblandi.  

Shunga qaramay, ularning xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritishi, ma’muriy boshqaruvdan tortib to o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot jarayonini tashkil etishgacha akademik erkinlikka erishishini ta’minlamasak, bizning oliy ta’lim tizimi jamiyatning progressiv rivojlanishi drayveri, yangi kashfiyotlar manbai va raqobatbardosh jamiyat yaratish asriy orzularimizni armonligicha saqlanib qolishiga olib kelishi mumkin.  

Bunday erkinliksiz sifatli ta’lim va samarali ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish juda ham murakkab.  

Akademik erkinlik, bu nafaqat ta’lim tashkiloti va uning professor-o‘qituvchilari, balki talabalarning ham erkinligi hisoblanadi. E’tiborlisi shundaki, talabalarning o‘z ehtiyoji va ko‘nikmalaridan kelib chiqib fan va o‘quv dasturlarini tanlash imkoniyati yaratilishiga, yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, natijada bitiruvchilar o‘z sohasining egasi bo‘lib shakllanishiga qaratishga ulkan imkoniyat yaratiladi.  

Konstitutsiyamizda oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqining berilishi o‘quv jarayonini mustaqil shakllantirish, ilmiy-tadqiqot mavzularini mustaqil tanlash va tadqiq etish, uning natijalarini nashr etish va tarqatish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar akademik erkinligining cheklanmasligi – farzandlarimiz kamoloti va jamiyatimiz taraqqiyotida muhim qadam bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu erkinlik oliygohlarning moliyaviy masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishdagi mustaqilligini ta’minlaydi, ularning javobgarligini kuchaytiradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalari uchun yetuk va malakali kadrlar tayyorlash bazasi hamda ilm-fan taraqqiyotining fundamenti ham aynan oliy ta’lim muassasalari tomonidan yaratiladi. Shu sababli OTM faoliyat yo‘nalishining asosiy maqsadi sifatida ko‘riladigan ta’lim va fanni amaliyot bilan integratsiyalash, 2.0 universitetlaridan 3.0 universitet tizimiga o‘tish, bunda ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish, OTMlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi shiddatli raqobat zamonida faqat bilimli, ma’rifatli millat va davlat munosib taraqqiyotga erisha oladi.  

Bu esa o‘z navbatida ta’lim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirishni talab etadi. Shuning uchun, barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish, bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini ustuvor taraqqiy ettirish konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yildi.  

Shuningdek, ta’lim sohasidagi boshqaruv mexanizmlarining samaradorligi va ahamiyatini oshirish maqsadida muhim huquqiy institutsional asoslari ishlab chiqilgan bo‘lsa, amalda mavjud bo‘lganlarining faoliyati va mazmuni tubdan takomillashtirildi.  

Yangi O‘zbekistonni ta’lim sohasi bilan bog‘liq islohotlarning qonunlarimizda mustahkamlab qo‘yilishi ta’limdagi ijobiy o‘zgarishlarning ortga qaytmasligidan dalolat beradi. Ayniqsa, ta’lim muassasalariga akademik erkinlik berish masalasi – dunyo tajribasi. Ushbu huquqning kafolatlanishi oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.  

Mazkur o‘zgartishlar tufayli mamlakatimizda ta’limga alohida e’tibor qaratilishi davlat majburiyatiga aylanmoqda. Har bir fuqaroning ta’lim olishi orqali farovon hayot kechirishiga mustahkam zamin yaratadi. Qolaversa, qonunlarimizda o‘z aksini topayotgan bunday ijobiy o‘zgarishlar, ta’lim tashkilotlaridagi rahbarlarni yangicha ish uslubiga o‘tishga undaydi.  

Eldor Xomidov,  

Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti.  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim muassasalariga akademik erkinlik berish – dunyo tajribasi