Taʼlim maskanlarining kuz-qiş mavsumiga şayligi doimiy eʼtiborda
Kuz-qiş mavsumi ayni pallasiga kirayotgan bir paytda ijtimoiy soha obʼektlari, jumladan, boğça va maktablarni mavsumga tayyorlaş, barça şaroitlarni yaratiş farzandlarimizning salomatligi va munosib taʼlim-tarbiya olişida alohida ahamiyatga ega.
Bu borada joylardagi taʼlim-tarbiya maskanlarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligini örganiş, mavjud kamçilik va muammolarni bartaraf etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonlarda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlardagi deputatlar ham joylarda qator örganişlar olib borib, tegişli çora-tadbirlarni körişmoqda.
Xususan, xalq deputatlari Boysun tuman Kengaşi deputati Husniddin Saidov tumandagi 39-umumtaʼlim maktabida bölib, taʼlim muassasasining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holatini örgandi. Örganiş jarayonida maktab binosining isitiş tizimiga alohida eʼtibor qaratildi. Qozonxonaning texnik holati, isitiş uskunalarining sozligi, issiqlik tarmoqlarining holati hamda issiqlikning sinfxonalarga bir maromda yetkazib berilişi kabi masalalar közdan keçirildi.
Bundan taşqari, sinfxonalarning şaroitlari, deraza va eşiklarning holati, xonalarda issiqlikni saqlaş imkoniyatlariga ham eʼtibor qaratildi. Maktab maʼmuriyati bilan muloqotda isitiş tizimi qançalik yaxşi işlamasin, binoning issiqlikni saqlaş xususiyati talab darajasida bölmasa, energiya sarfi ortişi va sinfxonalarda kerakli haroratni taʼminlaş qiyinlaşişi mumkinligi tuşuntirildi.
Şuningdek, yoqilği zaxirasi yetarliligi, undan oqilona foydalaniş masalalari ham közdan keçirildi. Ayniqsa, isitiş uskunalarining xavfsiz işlaşi, texnik köriklarning öz vaqtida ötkazilişi, yonğin xavfsizligi talablariga rioya qilinişi hamda mavsum davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlaş lozimki, taʼlim muassasalarining mavsumga tayyorgarligi hamda yonğin xavfsizligi masalalari barça hududdagi mahalliy Kengaşlar deputatlarining doimiy eʼtibor va nazoratida bölib turibdi. Bu kabi örganiş işlari muntazam olib borilayotgani mavsumni betalafot ötkaziş hamda taʼlim maskanlarida xavfsizlikni taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
M.Komilova,
ÖzA