Ta’lim maskanlarida ko‘chat ekish qizg‘in
FOTOREPORTAJ
Ta’lim muassasalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari davom etmoqda.
Jumladan, Namangan shahridagi 88-umumta’lim maktabida ko‘kalamzorlashtirish tadbiri tashkil etildi. Belgilangan hududda 120 dan ziyod mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, o‘ziga xos yashil bog‘ barpo qilindi.
Shunday ko‘tarinkilik Davlatobod tumanidagi 55-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham uyushqoqlik bilan davom etdi. 200 tup daraxt ko‘chatlari maskanning obod bo‘lishi, yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishi, kelajagimiz egalarining yetarli kislorod bilan ta’minlanishida o‘ziga xos vositaga aylandi.
[gallery-26385]
Navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 25-maktabda viloyatdagi barcha ijtimoiy soha tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tdi. Ilm dargohi bog‘iga ekilgan 500 dan ziyod manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari hududning obod bo‘lishiga, atrof-muhitning yanada go‘zal va so‘lim maskanga aylanishiga xizmat qilibgina qolmay, balki yoshlar ongida tabiatga mehr, ekologik madaniyatni shakllantirish, Vatan ravnaqi uchun mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.
“Yashil makon” loyihasi doirasidagi bu kabi ezgu ishlar Namangan viloyatining barcha tuman va shaharlarida izchil davom ettirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA