Dunyoning eng nufuzli ta’lim tizimidagi tahliliy agentligi QS World University Rankings 2025 yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zMU dunyo miqyosida 721-730 o‘rinlar qatoridan joy olib, avvalgi yilga nisbatan 50 pog‘ona (781-790) yuqorilagan. Bu natija global raqobatning keskin kuchayganiga qaramay, universitetning barqaror rivojlanayotganini namoyon etadi.  

Universitetning jahonning nufuzli reytinglarida yuqori pog‘onalarni egallagani munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.   

Unda nufuzli mehmonlar, fan va jamoat arboblari, turli vazirlik va idoralar mas’ullari, universitet jamoasi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.   

– Universitetimizning dunyo miqyosidagi nufuzli reytinglarda yangi pog‘onani egallashi – bu jamoamizning tinimsiz mehnati, ilm va ta’limda olib borilayotgan  islohotlarga sadoqatli yondashuvi, xalqaro hamkorliklar natijasidir, – dedi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov. – Bizning maqsadimiz  talabalarga raqobatbardosh bilim berish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va milliy qadriyatlar asosida jahon tajribasini uyg‘unlashtirish orqali universitetimiz  nufuzini yanada mustahkamlashdir.   

Universitetning ushbu yutug‘i bir kunda qo‘lga kiritilgan natija emas, balki yillar davomida olib borilgan mehnat hamda izchil islohotlar samarasidir. Bu yutuq O‘zbekiston ilm-fani jahon miqyosida o‘z so‘zini ayta olishiga, milliy ta’lim tizimi esa global raqobatda munosib ishtirok etishiga yaqqol dalildir.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Bso2hBW51CA" title="Ta’lim: jahon reytinglarida yangi yuksalish" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim: jahon reytinglarida yangi yuksalish (+video)