O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim bo‘g‘ini sifatida e’tibor qaratilib, sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish va o‘zaro tajriba almashish borasida ko‘plab davlatlar qatori Rossiya Federatsiyasi bilan ham izchil hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Mazkur aloqalarning rivojlanish jarayoni ikki asosiy bosqichga bo‘linadi.

Avvalo, oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asos hisoblanadi. Dastlab 1995 yil 27 iyulda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. 

Keyingi bosqichda – 2018 yil 19 oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim bo‘yicha ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi to‘g‘risida”gi bitimning imzolanishi yangi davrni boshlab berdi.

Ushbu bitimning maqsadi – oliy ta’lim sohasida ikki davlat o‘rtasida strategik, uzoq muddatli va integratsion hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘ldi. Dastlab, 2018 yilning 18 oktyabrida Toshkent shahrida  O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi tashkil etildi. 

Mazkur anjuman orqali Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma diplomlar, «Double degree» dasturi asosida talabalarni o‘qitish, fakultet va kafedralar filiallarini tashkil qilish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borish uchun zamin yaratildi. Keyinchalik forum an’anaviy shaklga o‘tdi. 

2019 yil 30 mayida Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida ta’lim, malaka va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim imzolandi. 

Natijada ikkala davlat fuqarolari uchun bir qator qulayliklar yaratildi. Bu O‘zbekiston Respublikasida berilgan ta’lim hujjatlarining Rossiya Federatsiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishiga olib keldi. 

O‘tgan 2024 yil ikki davlat oliy ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi davr bo‘ldi. Sababi 2024 yil 19 mart kuni Ўзбекистон Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Rossiya universitetlari, xususan, “Kurchatov instituti” ilmiy markazi bilan loyihalarni kengaytirish belgilandi. 

Qolaversa, 2024 yil 24-25 iyun kunlari Vladivostok shahrida “Kelajak ta’lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida Rossiya– O‘zbekiston to‘rtinchi ta’lim forumi ham bo‘lib o‘tdi. 

Bugungi kunda  O‘zbekistonda Rossiyaning bir qator oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. 

O‘zbekiston milliy universitetida Rossiya Moliya universiteti bilan birgalikda “Moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarish va sug‘urtalash”, “Ijtimoiy sohaning biznesi va moliya” bakalavr dasturlarining yaratilishi oliy ta’limda O‘zbekiston – Rossiya hamkorligi tobora rivojlanayotganidan dalolatdir. 

Usmonjon BO‘TAEV, 

O‘zbekiston Milliy universiteti professori,

“Istiqbol” tadqiqot markazi NNT rahbari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim chegara bilmaydi: O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim tizimidagi aloqalar rivoji