17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni

Har yili 17 noyabrda dunyo bo‘ylab “Xalqaro talabalar kuni” nishonlanadi. Albatta, bu bayramda yoshlik, xushchaqchaqlik davriga ko‘proq urg‘u berilsa-da, lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida sobiq Chexoslavakiyada bo‘lgan voqealarga bog‘liq.

Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari dunyoning ko‘plab davlatlarida tahsil olmoqda. Ular ilm olayotgan universitetlarda bu kun qanday nishonlanadi? Biz yoshlarning talabalik davri haqidagi fikrlari bilan qiziqib, xorijda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga murojaat qildik.

Alisher Mahkamov, Buyuk Britaniyaning Reding universiteti talabasi:

– Talabalik men uchun hayotimning eng unutilmas davridir. Men o‘qiyotgan Buyuk Britaniyaning Reading universitetida “Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanadi. Bu yerda 160 dan ziyod davlatdan kelgan 20 mingga yaqin turli millat vakillari tahsil oladi. O‘ylaymanki, yoshlar o‘z vaqtidan berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishi kerak. Chunki kelajakda yoshlikda o‘qilmagan narsalarni o‘qishga vaqt bo‘lmaydi.

Ulug‘bek Tursunov, Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti, Iqtisodiyot maktabi doktoranti:

– Men uchun talabalik – inson o‘zining shaxsiy rivojlanishini boshqa har qanday faoliyatdan ustun qo‘yadigan davr. Chunki, talabalikdan keyin sizni katta hayot kutib turibdi. Erishilajak marralar va orzular ro‘yobi shu davrda orttirilgan bilim va ko‘nikmalarga bog‘liq. Zamonaviy kasblar tez o‘zgaryapti. Har qanday kasb bir umr o‘qib o‘rganishni talab qiladi. Yoshlar o‘zlarini muttasil yangi bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorlab borishlari muhim. Masalan, xorijiy tillarni mukammal o‘rganish, zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishni tavsiya qilgan bo‘lar edim. Xalqaro talabalar kuni haqida gapiradigan bo‘lsak, bu muhim sanalardan biri hisoblanadi. Odatda ushbu kunda biz boshqa universitetning talabalari bilan hamkorlikda ma’rifiy tadbirlar o‘tkazamiz.

Ergashov Ibrohimjon, Xitoy Fanlar akademiyasi universiteti, Kunming Botanika instituti talabasi:

– Menga ham O‘zbekistonda ham chet elda talaba bo‘lish hissi nasib etdi, ya’ni bakalavr bosqichini O‘zbekistonda o‘qidim, magistraturani Xitoyda davom ettirmoqdaman. Talabalik davri qayerda bo‘lmasin, odam o‘zini mustaqillikda sinash davri, deb bilaman, ayniqsa, xorijda ta’lim olsa. Bunday vaziyatda o‘zingiz uchun o‘zingiz qaror qabul qilasiz va buning ortidan kelgan xatolardan esa xulosa chiqarasiz. Natijada insonda o‘sish kuzatiladi va bora-bora tashqi muhitga chidamli, mustaqil yetuk shaxsga aylanasiz. Har bir talaba o‘z qiziqishiga binoan harakat qilishi lozim. Qiziqish bo‘lmasa, bu ishni tark eting, chunki siz bunda hech qanday yangilik yarata olmaysiz. Yaxshisi, o‘zingizni boshqa yo‘nalishda sinab ko‘ring. Xalqaro talabalar kuni haqida gapiradigan bo‘lsam, aytishim kerakki, Xitoyda o‘zining juda ham ko‘p madaniyatga oid festivallari bor ekan va bu bayramlar yil davomida tantanali nishonlanadi. Xalqaro talabalar kunini ko‘proq chet eldan kelgan talabalar nishonlaydi.

Abdulaziz Suyarov, Buyuk Britaniyaning Lids universiteti Global strategiyalar va innovatsiyalar sohasi magistri:

– Xorijda uzoq vaqt yashamaguncha inson Vatan sog‘inchini his qilishi qiyin ekan. Men uchun har doim mehribon xalqimiz yuzidagi tabassum, oilaviy muhit, doimo yordamga tayyor odamlarni topish juda qiyin bo‘ldi. Men O‘zbekistonda ham bakalavr va magistraturani tugatganman. To‘g‘risini aytaman, Britaniyada ta’lim olish unchalik ham oson emas. Uslub va maqsad mutlaqo farqlanadi, o‘rganish esa mutlaqo mustaqil. Rosti, bu davr hayotimda yangi sahifalarni ochdi. Men uchun yangi g‘oyalar va energiya manbai bo‘ldi.

Bu yerda Xalqaro talabalar kuni muhim alohida bayram emas. Balki faqat men o‘qiyotgan ta’lim muassasasida shundaydir, lekin deyarli har kuni talabalar uchun qandaydir muhim tadbirlar va uchrashuvlar bo‘ladi. Eng muhim omil – hozirgi kuningiz ertaga qaytib kelmaydi. Hozir faqatgina juda ko‘p bilim olish, o‘rganish va yuqori marralarni ko‘zlayverish kerak. Texnologiyalar va raqamli davr hech kimni kutmaydi. Talabalikda berilgan imkoniyatlar, ayniqsa, vaqt va shijoat qaytib kelmaydi.

Sevara Sharifova, Amerika Qo‘shma Shtatlari Vashington davlat universiteti talabasi:

Ota-ona va yurt sog‘inchini hisobga olmaganda, talabalik davrim hayotimning eng yaxshi xotiralarga boy qismi bo‘lyapti. Universitetimizda dunyoning turli joylaridan kelgan talabalar tahsil oladi. Ular bilan mamlakatimiz qadriyatlari va urf-odatlari haqida fikr almashamiz. Vashington davlat universitetida talabalar kuni judayam keng nishonlanadi. Hatto, Amerikada universitetlararo eng yaxshi tadbirlar reytingi bo‘lib, aynan men ta’lim olayotgan universitet mazkur reytingda birinchi o‘rindan joy egallab keladi. Talabalar kunida turli xil anjumanlar, konsertlar va universitet atrofida yarmarkalar tashkillashtiriladi. Maxsus orkestr ijrosida ajoyib musiqiy chiqishlar ham bo‘ladi.

O‘zA muxbiri Marhabo MADAMINOVA tayyorladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalik davri hayotimizning eng yaxshi xotiralarga boy qismidir