Bugun yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida bayram tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida ham bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi bosqich talabalari va ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar munosib kutib olindi.

Dastlab yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalarining ota-onalariga filial jamoasining tashakkurnomalari, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. O‘tgan o‘quv yilida filial faoliyatiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh professor-o‘qituvchilar ham filial rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Aytish joizki, 2024-2025 o‘quv yilida mazkur oliygohga jami 1 ming 92 nafar yoshlar

 talabalikka qabul qilindi. Shundan 417 nafari kunduzgi, 502 nafari sirtqi va 173 nafari kechki ta’lim shaklidadir.

Shuningdek, Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham yangi o‘quv yili tantanali kutib olindi. Universitet rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi mas’ullari, Chirchiq shahar hokimi va jamoatchilik vakillari, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar, taniqli sportchi-talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda oliygoh rektori, professor Rashid Matkarimov o‘z tilaklarini bildirdi.  

Tadbir davomida universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan va doimiy izlanishda bo‘lgan bir qator professor-o‘qituvchilar hamda murabbiylarga ilmiy daraja va unvonlar tantanali ravishda topshirildi. Imtiyoz asosida qabul qilingan talabalar ham o‘zlarining his-hayajonlari bilan o‘rtoqlashdi. Ayniqsa, sho‘x tarona va jozibador raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shundan so‘ng barcha talabalar belgilangan tartibda darslarga kuzatildi.

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlandi