
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari izchil rivojlantirilib, aholiga qulayliklar kengaytirilmoqda, sansalorlik, byurokratiya va korrupsiyani kamaytirib, vaqt va mablag‘larni tejash, unumdorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.
bugungi kunda barcha korxona va tashkilotlar, shuningdek ta’lim muassasalari zarur vazifalarni onlayn shaklda amalga oshirish, murojaatlar bilan ishlash masalasidagi muammo va kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etmoqda.
Samarqand davlat tibbiyot institutining axborot komunikatsiyalar bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan, yangi interaktiv xizmat ham
institut xodimlari va talabalari uchun o‘zaro muloqotning raqamli ko‘rinishiga ega bo‘ldi.
SamDTI rektori J.Rizayev tashabbusi bilan institutning bosqichma-bosqich to‘liq raqamli shaklga o‘tayotganligi, rektorat va talabalar o‘rtasidagi muloqotda mutloq shaffoflikni ta’minlashni va har qanday tafovutga barham berishi maqsad qilingan.
Institutning sammi.uz veb sayti interaktiv xizmatlar bo‘limida real vaqt rejimida o‘zaro aloqani ta’minlash maqsadida quyidagi onlayn xizmatlar ko‘rsatish ta’minlanadi.
- Institut rahbariyatiga maxsus kanallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etish;
- Yotoqxonaga ega bo‘lish uchun zarur hujjatlar nusxalarini onlayn yo‘llash;
- Yotoqxonadan joy ajratilishi yoki rad etilganligi to‘g‘risida SamDTIga tegishli qisqa raqam (4546) dan sms orqali javob olish;
- Masofadan turib yotoqxona shart-sharoitlari bilan tanishish ;
Mazkur interaktiv xizmat, talabalarga vaqtni sezilarli darajada tejashga imkon berib, bir qator qulayliklar yaratadi. Ularni har qanday
ko‘rinishdagi keraksiz rasmiyatchiliklardan qutqaradi.
SamDTI rahbariyati tomonidan muntazam ravishda talabalar, ularning ota-onalari yoki vasiylari, abituriyentlar uchun o‘zaro muloqotning innovatsion yechimlari takommilashtirilib boriladi.
Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA