Talabalar uchun yana bir qulaylik
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar turarjoyi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda JDPU rektori, professor Shavkat Sharipov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar oliy ta’limda ham o‘zining yorqin samaralarini berayotgani, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, bugun yoshlarimizga berilayotgan va yaratilayotgan imkoniyatlar, mana shunday talabalar turarjoylarining foydalanishga topshirilishi universitet talabalari va jamoasi uchun haqiqiy bayram bo‘lganini ta’kidladi.
[gallery-20462]
Endi universitet tasarrufidagi talabalar turarjoylari soni 4 taga yetdi. Yangi bino 7 qavatdan iborat bo‘lib, yotoqxonada talabalar uchun barcha qulaylik yaratilgan.
Zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan talabalar turarjoyida talabalarning ovqatlanishi uchun zamonaviy oshxona, darsliklar, badiiy va ilmiy, ma’rifiy adabiyotlar mavjud ma’naviyat xonasi, zakovatchilar xonasi, talabalarning axborot -kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishi uchun eng zamonaviy turdagi kompyuter jamlamalari bilan jihozlangan xona, shuningdek, kir yuvish va yuvinish xonalari ham mavjud.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari