Yana bir necha kundan so‘ng mamlakatimiz oliy ta’lim maskanlarida yangi o‘quv yili boshlanadi. Ming-minglab talaba-yoshlar o‘qish ishtiyoqida ta’lim dargohlariga keladi.

Xo‘sh, asosiy vaqti ta’lim maskanlarida o‘tadigan yoshlarning salomatligini muhofaza qilish, ularni ommaviy sport musobaqalariga jalb etish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?  

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ta’lim sifatining oshishiga ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan edi.  

Shu maqsadda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.  

Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida yurtimiz oliy ta’lim dargohlarida qancha sport to‘garaklari tashkil etildi? Hududlar kesimida vaziyat qanday? Qaysi sport turlari bo‘yicha qancha sport klubi va to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yiladi?  

Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida futbol, shaxmat, voleybol, basketbol, stol tennisi to‘garaklari tashkil etilgan. Universitetning 150 nafar talabasi mazkur sport turlari bo‘yicha to‘garaklarda muntazam shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.  

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 10 ta, Andijon viloyatidagi 7 ta, Buxoro viloyatidagi 5 ta, Jizzax viloyatidagi 3 ta, Qashqadaryo viloyatidagi 6 ta, Navoiy viloyatidagi 2 ta, Namangan viloyatidagi 6 ta, Samarqand viloyatidagi 14 ta, Surxondaryo viloyatidagi 6 ta, Sirdaryo viloyatidagi 3 ta, Toshkent viloyatidagi - 7 ta, Farg‘ona viloyatidagi 8 ta, Xorazm viloyatidagi 5 ta va Toshkent shahridagi 33 ta oliy ta’lim muassasalarida sport klublari tashkil etilib, ushbu klublarda 1036 ta sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.    

Tashkil etilgan sport klub va to‘garaklarining qaysi sport yo‘nalishlariga ixtisoslashganiga nazar tashlansa, bu borada futbol to‘garaklari soni ko‘pligi bilan ajralib turadi.  

Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan futbol to‘garaklari soni 213 ta bo‘lsa, 144 ta basketbol, 174 ta voleybol, 198 ta shaxmat va 211 ta stol tennisi bo‘yicha sport seksiyalari talaba-yoshlarni o‘z bag‘riga chorlashga hozir.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun qancha sport to‘garaklari tashkil etiladi?