Talabalar tadbirkorlik tartiblarini bilib oldi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.Harakatning Toshkent shahar kengashi tomonidan o‘tkazilgan seminarda tadbirkorlikka qiziqqan, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga intilayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida izchil rivojlanayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyot taraqqiyoti va aholi farovonligini oshirish bilan birga, bandligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovi yoshlarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga qo‘shimcha imkoniyat bermoqda.
Tadbirda talabalarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, byurokratik to‘siqlarga barham berish bo‘yicha yaratilgan huquqiy kafolatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
– Seminarda tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobotlar taqdim etish, joriy qilinayotgan qulaylik va imtiyozlar haqida to‘la tasavvurga ega bo‘ldik, – deydi universitet magistranti Gulchehra Narzullayeva. – Biznes g‘oyalarimiz, takliflarimizni qay tartibda taqdim etishimiz lozimligini bilib oldik.
Loyiha doirasida barcha ta’lim muassasalarida ko‘rik-tanlovda qatnashish tartibi, “Marketing strategiyasini ishlab chiqish”, “Bozorni o‘rganish va segmentlash”, “Tijorat banklarining kredit siyosati”, “Imtiyozli kreditlar, kredit ta’minoti, foizlari, muddatlari” mavzularida seminarlar o‘tkazilmoqda.