Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi Termiz davlat universitetining yuridik fakulteti talabalari uchun Termiz tumanidagi Hakim Termiziy majmuasi va arxeologik yodgorliklarga sayohat uyushtirdi.

Joriy yil Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Termiz davlat universiteti memorandum hamda viloyat IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va TerDUning yuridik fakultetlari o‘rtasida qo‘shma dastur imzolangan edi. Mazkur hamkorlik doirasida tashkil etilgan sayohat chog‘ida bo‘lg‘usi huquqshunoslar buyuk mutafakkir Hakim Termiziy majmuasini ziyorat qildi. Muqaddas qadamjoda talabalarga diniy va falsafiy asarlari bilan dunyoga tanilgan ulug‘ ajdodimizning huquqshunoslikda ham chuqur bilimga ega bo‘lgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shu kuni talaba-yoshlar Kushonlar davriga mansub milodiy I-III asrlarga oid Fayoztepa budda monastir va Qoratepa budda g‘or ibodatxonalarida bo‘lib, vohaning o‘tmishdagi boy tarixi, madaniyati va rivojlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishdi. 

Qiziqarli taassurotlarga boy bo‘lgan sayohat yakunida talabalar “tozalik aksiyasi” tashkil etib, arxeologik yodgorliklar atrofida tozalash-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar sayohat yakunida arxeologik yodgorliklarda “tozalik aksiyasi” o‘tkazdi