Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Farrux Samadov mazkur oliy ta’lim muassasasining bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi.

Dastlab universitet rektori Baxtiyor Mardonov so‘zga chiqib, malakali muhandis kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, dual ta’lim tizimi asosida 4 kun oliy ta’lim dargohida hamda 2 kun bevosita ishlab chiqarish korxonasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgani, bevosita “Navoiyazot” AJ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.  

[gallery-20766]

F.Samadov esa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 20 iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida “Tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygohga sanoat hamkori belgilab berilishi, barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochishi, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berganini ta’kidladi.  

Shuningdek, F.Samadov “Navoiyazot” AJ tomonidan 2030 yilga qadar amalga oshiriladigan yirik investitsiyaviy loyihalar xususida ma’lumot berarkan, muhandislik va iqtisodiyot sohasi kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj, yosh mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar, talabalar o‘z kasbi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari bilan birgalikda xorijiy tillarni ham bilishi nechog‘lik muhim ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.    

– “Navoiyazot”da Yevropa mamlakatlari, AQSH, Xitoy va boshqa bir qator davlatlarning yirik kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda, – dedi F.Samadov. – Germaniyaning “Linde” kompaniyasi shulardan biri sanaladi. Mazkur kompaniya texnik gazlar ishlab chiqaruvchi global tarmoq bo‘lib, 160 ta davlatda korxonalari mavjud. Hamkorlikdagi loyihamiz kelasi yilning oxiriga qadar ishga tushiriladi. Albatta, bu zamonaviy majmuaga o‘z sohasida chuqur bilimga ega yosh mutaxassislar kerak. Yangi korxonada tajriba orttirgan mutaxassis, tabiiyki mazkur kompaniyaning dunyo bo‘ylab boshqa ishlab chiqarish majmualarida ham ishlash imkoniga ega bo‘ladi. “Navoiyazot” oldida turgan yana bir masala bevosita korxonaning o‘zida kasbiy faoliyat bilan birga ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi olimlar tarkibini shakllantirish sanaladi. Bu borada ham oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilmoqchimiz. Bu albatta, kelajakda o‘z samarasini beradi.  

Muloqot davomida zavod rahbari talabalarning bir qator savollariga batafsil javob berdi.  

Yakunda korxona mutaxassislari kimyoviy texnologiya, elektr energetika, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlashdi. Ularni kelgusida suhbat asosida ishga olish yuzasidan takliflarini bildirdi.  

Uchrashuv so‘nggida F.Samadov universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda bir qator laboratoriyalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi va professor-o‘qituvchilar bilan suhbatda bo‘ldi. 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar ishga suhbat asosida qabul qilinadi