FOTOREPORTAJ

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol, mini futbol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha fakultetlar kesimida musobaqalarga start berildi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, institut talabalarini sport tadbirlariga keng miqyosda jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil etish, talabalarning jismoniy faolligini oshirish, institutdagi sport seksiyalari hamda to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, sport mashg‘ulotlari uchun sharoit yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan musobaqalarda yoshlar faol ishtirok etmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar har bir fakultet kesimida, akademik guruhlar o‘rtasida 20 sentyabrgacha tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilishi belgilandi. Bellashuvlar talaba-qizlar o‘rtasida voleybol, erkaklar o‘rtasida mini futbol, shuningdek, erkaklar va qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilmoqda. 

[gallery-13544]

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar “Besh tashabbus olimpiadasi”da bellashmoqda