Nukusda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini eshitish va bartaraf etish, hayotda o‘zining munosib o‘rnini topishi uchun har tomonlama ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash barchamizning ezgu maqsadimizdir. Prezidentimizning yuksak ishonchi, alohida e’tibori va otalarcha g‘amxo‘rligi natijasida yoshlarimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

O‘tgan yillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, yoshlar hayotida ulkan tarixiy o‘zgarishlar va yangilanishlar yuz berayotganini ko‘plab misollarda ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yilning o‘zida 2 ta farmon va 3 ta qarorning qabul qilingani, tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berilgani, oliy o‘quv yurtlarida faqat qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilgani ularga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi hisoblanadi.

Prezidentimiz rahbarligida shu yilning 14 fevral kuni yoshlar masalasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishsiz yoshlarning, ayniqsa oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim berish, kasb-hunarga o‘qitish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy madaniyatni oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Eng muhimi shundaki, shu kunning o‘zida yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish yo‘nalishida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan Prezidentimizning 3 ta qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevral kungi “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, Milliy bank oliy o‘quv yurtlari bitiruvchi yoshlarining bandligini ta’minlashga mas’ul bank etib belgilandi. Ushbu bank tomonidan bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Kelajakka birinchi qadam”, “Kelajak uchun start”, “Yorqin kelajak sari” kabi dasturlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda bank bilan hududdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, bitiruvchilar bandligini ta’minlash jarayonlarini muntazam ravishda o‘rganib borish maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika institutida “Kelajakka qadam” markazining maslahat markazi tashkil etildi. Shu kunga qadar “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan 364 nafar bitiruvchi talabaga 8 milliard so‘mdan ortiq miqdorida kredit mablag‘i ajratildi.

Bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘maklashish, ularning kasbiy yo‘lini belgilash hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda 80 ga yaqin korxona va tashkilot o‘zlarida mavjud 700 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Tadbirga 10 ming nafarga yaqin bitiruvchi yosh tashrif buyurdi.

Ko‘rgazma davomida talabalar mebel ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek,  Kelajakka qadam markazi tomonidan  taqdimot, tadbirkorlar va talabalarning yuzma-yuz muloqotlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 3,5 ming nafar yaqin bitiruvchining ish beruvchilar bilan suhbati tashkil etildi. Ayni paytda 755 nafar bitiruvchining ish o‘rni aniqlandi. 33 nafar bitiruvchi talabaning biznes loyihasi taqdim etilib, tadbirkorlikka yo‘naltirildi.

Tadbir yakunida istiqbolli biznes loyihalarining g‘oliblari imtiyozli kreditlarni qo‘lga kiritishdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi