Navoiy shahrida “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish marafoni o‘tkazildi.

Unda oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar vakillari, mahalla yoshlari faol qatnashdi.  

Ishtirokchilar Mahmud Tarobiy nomidagi ko‘cha bo‘ylab 3 kilometr masofani yugurib o‘tdi. Marafonda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari va jamoasi ham faol ishtirok etdi.

[gallery-23416]

– Sportning barcha turlari, ayniqsa, yugurish inson salomatligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi, – deydi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Qishloq xo‘jaligi fakulteti talabasi Marjona Murtazayeva. – Albatta, bugungi musobaqa bundan mustasno emas. O‘zim ham sport bilan muntazam shug‘ullanib turaman. Musobaqada ko‘plab do‘stlar orttirdim. Ularning ayrimlari bilan suhbatlashib, har kuni tongda birgalikda yugurishga kelishib oldik.

Aholi, xususan, yoshlar orasida sog‘lom hayotni keng targ‘ib qilish va ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan marafonda o‘smirlar va qizlar o‘rtasida, shuningdek, muassasa va tashkilotlar kesimida g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.  

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Talaba – yugur”