O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasining navbatdagi forumiga Andijon davlat chet tillari instituti mezbonlik qildi.

Forumda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari oliy o‘quv yurtlarining faol talaba yoshlari ishtirok etdi. Tadbir institutning Axborot-resurs markazida tashkil etildi. Unda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov va boshqalar tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda yosh avlodning o‘qishi, puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, o‘z salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilganligi ta’kidlandi.  

Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga forumning maqsad va vazifasi, tadbirlari haqida keng ma’lumotlar berildi, texnika xavfsizligi qoidalari tushuntirildi.  

[gallery-14065]

Forumning asosiy tadbirlari Andijon davlat chet tillar institutining Xonobod shahridagi "Turizm" laboratoriyasida bo‘lib o‘tdi.  

Farg‘ona vodiysi viloyatlari oliy o‘quv yurtlarida yangi g‘oyalar, ilg‘or tashabbuslar bilan tahsil olayotgan faol talaba yoshlar ilm-fan va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlarida tashkil etilgan mashg‘ulot va seminarlarda tajribali ustozlardan saboq olib, tengdoshlari bilan o‘zaro tajriba almashdi.    

Mentorlarning qiziqarli ma’ruzalari, bahs-munozaralar, savol-javoblar asosida o‘tgan seminar va mashg‘ulotlarda ilm-fan va innovatsion texnologiyalar sohasida talabalarning ishtiroki hamda faolligini oshirish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarni yuzaga chiqarish borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

Forum yakunida institut ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Bunyodbek Sotvoldiyev hamda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Saidabonu Abdusalomova tomonidan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.  

Andijon va Xonobod shahrining diqqatga sazovor joylariga, shuningdek, Xonoboddagi “Fozilmon ota”, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Bibiseshanba” ziyoratgohlariga sayohat forum ishtirokchilarida unutilmas taassurotlar qoldirdi.  

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),  

O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba yoshlar tajriba almashdi