Talaba-qizlar musobaqasi
Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa yakunlandi.
Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa yakunlandi.O‘zbekiston ayollar futboli, mini-futboli va plyaj futboli assotsiatsiyasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Ichki ishlar vazirliklari hamda O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada eng kuchli sakkiz jamoa g‘oliblik uchun bahslashdi.
Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimizda ayollar futbolini yanada rivojlantirish, sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish, terma jamoamizning jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlashdan iborat.
Final uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz bahsda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.