Dolzarb mavzu

Mamlakatimiz aholisining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand eng yosh, ertaga yurt kelajagini yaratadigan qatlami bu – talabalardir..Mutaxassis kadrlar tayyorlash borasidagi islohotlar, mamlakat iqtisodiy salohiyatni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida OTMlar va talabalar sonida o‘sish kuzatilmoqda. Bu o‘sish davlat ichki siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan oliy ta’limning ijobiy tarafga o‘zgarganidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda oxirgi to‘rt yilda OTMlar soni ko‘paydi. Ya’ni ular soni 77 tadan 143  taga yetdi. Qabul kvotasi  3  barobarga yaqin  oshdi. Talabalar kontingenti 700 ming nafarga yaqinlashdi. Bu juda katta ko‘rsatgich.

Mamlakatda talabalar soni ortishi, yaxshi, albatta. Ammo bu o‘sish parallel ravishda talabalar sifatli ta’lim olishi uchun sharoit yaratish, eng birinchi navbatda, uyidan olisda tahsil olishni maqsad qilganlar uchun turar joylar tashkil qilish vazifasini o‘rtaga qo‘yadi. O‘zbekistonda mavjud OTMlarning asosiy qismi va nisbatan nufuzlilari, shuningdek, xorijiy universitetlarning ko‘plab filiallari Toshkent shahrida joylashgan.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida kvotalar, talabalar soni 2 baravardan 3 baravargacha oshgan bir sharoitda yotoqxonalarning o‘rin soni shu davr mobaynida atigi 25 foizga oshdi. Shuning uchun ham juda ko‘p talabalarning ijarada, qarindoshinikida yashashi muammo keltirib chiqarayotgani ham sir emas, albatta.

Poytaxtimizdagi “Chilonzor” dehqon bozori ichida joylashgan Uy-bozori ayni kunlarda har doimgidan gavjum.Uy bozoriga murojaat qiluvchilarning aksariyati talabalar va ularning ota-onalari.

O‘zA muxbirlari Uy bozorida va mas’ul idoralarda bo‘lishib, talabalarning muammolari,ularni yotoqxonalar bilan ta’minlash masalasi bilan qiziqdi. Uyidan olisda tahsil olayotgan talaba kimdan yoki nimadan norozi?

Talabalar turar joyiga joylashishning qanday talablari,ijarada yashaydigan talabalar uchun OTMning qanday shartlari mavjud?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullari va soha mutaxassislari shu kabi savollarga javob berdi. Sohadagi mavjud muammolarning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Quyida ushbu video-lavhani e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

<iframe width="1440" height="757" src="https://www.youtube.com/embed/3Pzf8_8J63A" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" 
allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, Yoqub Meliboyev(video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talaba qayerda yashayapti, uning dardiga kim quloq tutadi?(+video)